Venger CHempionlar Ligasida qaysi klublarni favorit deb biladi?
03 avg 2020 21:02
Yangiliklar
Venger CHempionlar Ligasida qaysi klublarni favorit deb biladi?
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger ushbu mavsumda kimlar CHempionlar Ligasini yutish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanligi haqida gapirdi.
"Atalanta" yoki "Atletiko"ga qarshi o'ynaganingizda, har qanday narsa yuz berishi mumkin. Ammo men uchun «Manchester Siti» va PSJ imkoniyatlari jihatidan favorit. Men hozirgi PSJni uch-to'rt yil oldingisidan kuchliroq deb hisoblayman.
PSJ nega hali CHempionlar Ligasida g'olib chiqmagani sabablarini izlamasligimiz kerak. Hatto "Real" 10-15 yil davomida turnirda g'olib chiqmagan va keyin ketma-ket uch marta g'alaba qozongan", – dedi Venger.
CHempionlar ligasi ushbu haftadan davom etadi. PSJ chorak finalda "Atalanta" bilan o'ynaydi. "Manchester Siti" esa "Real" bilan uchrashadi.
Fikrlar