Venger: "Agar Ozilning talablari chegaradan chiqib ketsa, "Arsenal" ularni qabul qilmaydi"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2018, 14:48
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning so'zlariga ko'ra, klub jamoa yarim himoyachisi Mesut Ozilga imkoniyatlardan kelib chiqqan holda maosh taklif qiladi.

Ayni damda tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishmadi, nemis xavbekining "to'pchilar" bilan bitimi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

"Arsenal" - top-klub va o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'yadi. Biz faqat ma'lum bir mablag'ni sarflashimiz mumkin. Agar futbolchining talabi chegaradan chiqib ketsa, bunga rozi bo'lmaymiz" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard