So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

VCHL, Ahmedov akademiyasi, 12-sektor va hokimiyat yohud Namanganga futbol qaytmoqda Yangiliklar

VCHL, Ahmedov akademiyasi, 12-sektor va hokimiyat yohud Namanganga futbol qaytmoqda

Balki bu maqola namanganliklar uchundir, lekin "Navbahor"ni o'zbek futboli oldida tutgan rolini inobatga olsak, bu bevosita O'zbekiston uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

VODIY CHEMPIONLAR LIGASI

19-20 avgust kunlari Namangan viloyati futbol federaciyasining birinchi Vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev va vodiydan saralab olingan 10ta 2005 yilda tavallud topgan futbol klub va maktablari, "Championat.asia" va "Best Sport Media" o'rtasida chempionalr ligasining formati ustida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda barcha klublarning bosh murabbiylari va rahbarlari ishtirok etdilar. Quvonarlisi shundaki, vodiy chempionlar ligasiga bo'lgan etibor yuqori sifatda. Dastlabki mavsumda tashkiliy ishlarda biroz kamchiliklar bo'lishi mumkin, ammo bu echsa bo'ladigan masala. "Neftchi", "Navbahor", "Andijon", "O'zDongJu" kabi jamoalarni turnirda ishtirok etishi musobaqaning saviyasini belgilab bersa ajab emas. Nima uchun 2005 yillar? Sababi shu avlod vakillari 2018 yilda sport kollejlariga imtihon topshiradilar. Imtihonda aldamchi harakatlar bo'lmasligi uchun, biz 8 oy davomida yosh futbolchilarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'layapmiz. Bundan buyon vodiydagi futbol kollejlariga faqat va faqat eng sara futbolchilar kirishlarini taminlash bosh maqsadimiz. Qolaversa, VCHLning yutug'i shunda bo'ladiki, unda ishtirok etadigan barcha jamoa futbolchilari "kinder" pasportga ega bo'lishlari kerak bo'ladi. SHunda bizda yosh bilan muammo bo'lmaydi.


ODIL AHMEDOV AKADEMIYASI

Namangan sport kolleji bilan hamkorlikda ish boshlagan Odil Ahmedov akademiyasi ayni paytda Toshkent viloyatining Nanay qishlog'ida Rauf Inileev va SHerzod Jo'raev (Namangandagi Nanay emas, Sijjak yaqinida) boshchiligida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayaptilar. Avvaliga ko'pchilik ota-onalar farzandlarini bu kollejga berishni istamadilar. CHunki, so'nggi yillarda u erdan biron bir yaxshi futbolchi chiqmay qo'ygandi. Ahmedov va viloyat hokimligini tashabbusi bilan bu kamchilikka etibor qaratila boshlandi. Bugungi kunda mazkur sinf eng zamonaviy sport invintarlari bilan taminlanib bo'ldi. Har bir bolaga ortig'i bilan etadigan to'plar xarid qilindi. Viloyatlardagi asosiy muammo invintarlarni etishmasligida. Akademiya 7 sinfdan kollej, 7 sinfgacha o'zi mustaqil faoliyat olib boradi. Bu borada "Odil Junior" loyihasi vodiy bo'ylab ishga tushadi. Yangi yilning bahoriga kelib, futbol maktabi o'zining zamonaviy sport bazasiga ega bo'lishi kerak. 26 avgust kuni Odil Ahmedovni o'zi kollej o'quvchilari bilan poytaxtda uchrashuv o'tkazadi va ularga kerakli maslahatlarini beradi.


"NAVBAHOR" AKADEMIYASI

Ahmedov bilan ketma-ketlikda "Navbahor" akademiyasi ham ishga tushish arafasida turibdi. "Navbahor"-96 safida O'zbekiston chempioni bo'lgan Dilshod Aliev hozirda "Navbahor" futbol jamoasining o'rinbosarlari va unga futbolchilarni etkazib beruvchi maktabga masul etib tayinlandi. Hozirdagi bosh maqsad, 2018 yil uchun chempionatning so'nggi pog'onasida yuradigan emas, kuchli beshlikka kiradigan o'rinbosarlar tarkibini tuzish. SHu yo'l orqali "Navbahor"ning asosiy tarkibi mahalliy istedodlar bilan boyitib boriladi. Malumot uchun, Dilshod Aliev "Nasaf"ning asosiy tarkibidan joy olgan, 1998 yilda tavallud topgan Islom Rashidxonovning dadasi. O'z paytida "Navbahor" jamoasining nazariga tushmagan yosh futbolchi Ro'ziqul Berdiev tomonidan kashf qilindi. O'zga viloyatlarni gullatib yurgan namanganlik yoshlar qancha? Bundan keyingi maqsad, ularni Namanganni o'zida asrash.


12-SEKTOR

Vodiyga safarim davomida "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuviga tashrif buyurdim. "Istiqlol" stadioniga avtoturargoh tomonidan kirganligimiz bois, u erdagi chiptalar faqat 13-17 sektorlar uchun sotilayotgan ekan. Do'stim bilan chipta olib sektor tomon kirib bordik. Kirganimdan so'ng bildim-ki, bu muxlislar uchun atalgan sektor ekan. SHu kuni chamasi 2500 nafar namanganlik muxlis Farg'onaga tashrif buyurgan edi. Sektorga kirganimda, muxlislar "Championat.asia" deb baqirishgani, to'g'risi kishini quvontirmay qolmadi, etibor uchun barchangizga rahmat, farg'onaliklarga ham!

Meni quvontirgani muxlis madaniyatini oshib borayotgani. So'nggi yillarda o'zbekistonlik muxlislar o'rtasidagi adovatlarni so'nib borayotgani, aksincha do'stlashib borishayotgani madaniyat belgisi deb bilaman. Biz o'zbekmiz axir, Ovropada stadionlaridagi jan-jallar bizning madaniyatimizga to'g'ri kelmaydi. Farhod aka boshchiligidagi muxlislar klubi o'z suyukliklarini juda chiroyli tarzda olqishlab turdilar. Ikkinchi tomonda "Neftchi" muxlislari (keyingi safar albatta farg'onaliklarning sektorida o'tiraman). To'g'ri guruch kurmaksiz bo'lmaydi, bazi muxlislar ikki tomondan ham so'kinib turishdi. Lekin ular juda ozchilik edi. Yana bir qiziq holatni aytmasam bo'lmaydi. Muxlis borki, o'z jamoasi tomon chalingan xushtakka hakam tomon "tashlanadi", axir bu o'yin. Xushtak yo unga, yo bunga chalinadi. Qo'polliksiz o'ynaydigan jamoa yo'q... Qisqasi, "Navbahor" muxlislar klubining saviyasi keskin suratda o'sgan! Endi namanganlik futbol mutasaddilari shunga qarab ish qilsalar bo'lgani.


HOKIMIYAT

Kiko Zunigani Namanganga olib borganimizda viloyat hokimining shahsan o'zi biz bilan muloqotga chiqqan edi. Xayrulla Xayitboevichning bugungi Namangan futboliga qilayotgan etibori taqsinga loyiq. SHavkat Abdurazaqovni shahar hokimi etib tayinlanishi esa, kelajak mashinasini yurishida yanada tezlatib yubordi deb aytsam, gapim mubolag'a bo'lmaydi. Sababi, aynan shu kishining tashabbusi bilan "Navbahor" jamoasining o'rinbosarlarining ish surati keskin o'zgartirib yuborildi. Ikki hokimning qo'llab-quvvatlashi, rosmana ishlayotganlarga keng yo'l ochishi orqali yaqin besh yil ichida "Navbahor"ni mahalliy futbolchilar asosida tuzilgan jamoa sifatida kamida bronza medalini qo'lga kiritishini kutishimiz mumkin.


Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика