So’nggi yangiliklar

15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  0 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  15 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  17 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0

"Vazifam Markoning zarba yo'llashiga yo'l qo'ymaslik edi". Stanoevichga o'yin bermagan Ibrohim Ibragimovning "Nasaf" bilan o'yindan keyingi fikrlari Yangiliklar

"Vazifam Markoning zarba yo'llashiga yo'l qo'ymaslik edi". Stanoevichga o'yin bermagan Ibrohim Ibragimovning "Nasaf" bilan o'yindan keyingi fikrlari

SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi "Bunyodkor" jamoasi Superliganing ettinchi turida o'z maydonida "Nasaf"dan ustun keldi.

"Bunyodkor" qatorasiga 4ta o'yindan buyon "Nasaf"ni mag'lub eta olmayotgandi - 2ta durang, 2ta mag'lubiyat. So'nggi bor "ajdarlar" 2018 yilgi mavsum bu jamoaga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi. Maydon egalari mazkur g'alaba bilan nohush ananaga chek qo'ydi. "Nasaf" tarkibida Marko Stanoevich har bir uchrashuvda raqib himoyachilariga katta qiyinchilik tug'dirayotgan, uning standart vaziyatlardagi aniq harakatlari jamoasining g'alabalarida muhim rol o'ynayotgandi. 

Lekin kecha "Bunyodkor" futbolchilari unga erkin harakat qilishga yo'l qo'yishmadi. Markaziya yarim himoyada maydonga tushgan yosh futbolchi Ibrohim Ibragimov aksariyat vaziyatlarda Markoni qo'riqlashga va uning yo'lini to'sishga harakat qildi. Qiziq aslida o'yindan oldingi vazifa ham shunday edimi? Futbolchining o'zi saytimizga bu borada fikrlarini bildirib o'tdi.


"Nasaf" bilan o'yinga tayyorgarlik odatdagidek bo'ldi. Xohish va ishtiyoq yuqori edi. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonish orqali turnir jadvalidagi holatimizni biroz yaxshilab olishimizni bilardik. Mag'lubiyatga uchrasak buning aksi kuzatilardi. SHu bois masuliyatni barchamiz his qilib turgandik. 

Nazariy mashg'ulotlarda raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqan edik. Ayniqsa Marko Stanoevichda ajoyib zarbalari borligini bilardim. Murabbiyimiz SHuhrat Maqsudov uning erkin harakat qilishiga, zarba yo'llashiga yo'l qo'ymasligimni va sergak bo'lishimni aytdilar. Lekin unga nisbatan personal o'ynaganim yo'q. Vaziyat shunday bo'lib qoldiki, u menga yaqinroq harakat qildi. O'yin yakunlangach takroriy vaziyatlarni ko'rib chiqib haqiqatdan ham Markoga yaqinroq to'p tepganimni ko'rdim. U "Nasaf"ning etakchisiligi sir emas. Jamoadoshlari ko'proq shu futbolchiga to'pni ko'proq uzatishadi va hujumlarni boshlashadi. O'sha holatda Markoni ertaroq kutib olishga intildim. 

O'ylaymanki stadionga kelgan muxlislar zerikib qolishmadi. G'alaba bilan ularni ham tabriklayman",- deydi Ibragimov.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика