Vatcke: "Agar "Borussiya" CHLda o'ynamasa, Roys bizni tark etishi mumkin"
03 noy 2014 12:23
Yangiliklar


Vatcke: "Agar "Borussiya" CHLda o'ynamasa, Roys bizni tark etishi mumkin"
"Borussiya" murabbiylar shtabi va rahbariyati keyingi mavsumda jamoa hujumchisi Marko Roys klubda qolishiga ishonchi komil emas.
Bu haqida klub ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke malum qildi.
"Agar bu mavsum natijasiga ko'ra biz CHempionlar ligasida o'ynash uchun joyni qo'lga kirita olmasak, Roysni jamoada olib qolish qiyin bo'ladi. Marko uch narsaga qarab xulosa chiqaradi: his-tuyg'u, moliyaviy ahvol va o'sish. SHu sabab savol ochiqligicha qolaveradi. Biz Roys bilan badal pulisiz uzoq muaddatli shartnoma imzolamoqchimiz"- deydi Vatcke.

Fikrlar