Vardi APLdagi yubiley golini urdi va bunga Drogba, Lukaku va Runidan tezroq erishdi
04 iyu 2020 21:58
Yangiliklar
Vardi APLdagi yubiley golini urdi va bunga Drogba, Lukaku va Runidan tezroq erishdi
Angliya chempionati 33-turi doirasida o'tgan “Lester” – “Kristal Pelas” uchrashuvida mezbonlar yirik hisobda (3:0) zafar quchishdi.
Jeymi Vardi o'yinda dublga erishib, bir necha o'yinlik golsiz seriyasiga yakun yasadi va APLdagi gollari soni 101taga etkazdi. U buni 207 bahsida qayd etdi. SHuningdek, uning hisobida 28ta assist ham mavjud.
Aytish joizki, Jeymi mazkur ko'rsatkichga Dide Drogba, Romelu Lukaku, Ueyn Runi, Nikolya Anelka, Defo, Robbi Kin, Darren Bent, Piter Krauch va boshqalarga nisbatan tezroq erishdi.
Fikrlar