Varan va Konate safga qaytdi
17 dek 2022 20:32
Yangiliklar
Varan va Konate safga qaytdi
Franciya termasi markaziy himoyachilari Rafael Varan hamda Ibraima Konate safga qaytishdi.
"L’Équipe" xabariga ko'ra, kecha shamollash sababli mashg'ulotlarda qatnashmagan ikki futbolchi bugungi mashg'ulotlarda to'liqligicha ishtirok etishdi. Kasalligi sababli bir qancha mashg'ulotlarda qatnashmagan Kingsli Koman esa mehmonxonasidagi xonasidan chiqarilmagan. U tarkibga qaytishga tayyor emas.
Franciyaning JCH-2022 finalidagi Argentinaga qarshi o'yini 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar