Van Persi faoliyatidagi to'p surish eng qiyin bo'lgan jamoani aytdi
17 may 2018 22:48
Yangiliklar


Van Persi faoliyatidagi to'p surish eng qiyin bo'lgan jamoani aytdi
“Yuqori darajadagi futbol “qurbon”larsiz bo'lmaydi. Angliya o'tkazgan yillarim o'zim haqimda xulosa chiqarishimga imkon beradi. APLda futbol saviyasi doim yuqori darajada. Men CHempionlar ligasidagi o'yinlarimni xuddi mashg'ulotdagidek qabul qilganman.
APLda esa senga 2-3 metr masofada to'pni qabul qilish uchun imkon bo'lsa, bu sening omading chopganidan darak. “Bolton”, “Suonsi” va “SHeffild Yunayted” singari jamoalarga qarshi bahslarda bunday imkoniyatlar bo'lmasdi.Yoki stadionida doim shamol esib turadigan “Stok Siti”ni olaylik. Bu jamoa maydonida doim so'nggi “jang”ga chiqqandek maydonga tushardim. “Stok”ka qarshi bahs – dunyodagi eng qiyin o'yin. Bu kabi o'yinlarda o'z imkoniyatlaringdan ikki karra yaxshiroq harakat qilish lozim bo'lardi”, deya aytib o'tdi van Persi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar