Van Gal Sulsherni tanqid qildi
21 apr 2019 14:28
Yangiliklar


Van Gal Sulsherni tanqid qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Lui Van Gal yana bir bora Ole-Gunnar Sulsherni tanqid qildi.
"Boshlanishida Olening effekti yaxshigina ish berdi. Jamoaning o'zi esa o'zidan hech nimani namoyish qilmadi. Jamoa keyinchalik antifutbolga o'tib ketdi. Biroq Sulsher raqiblaridan qo'rqadi degan fikrdan uzoqman. Ammo jamoa "Arsenal", "Tottenxem", PSJ va "Barselona"ga qarshi o'yinlarda avtobus bilan o'ynadi. U o'z muxlislari oldida hujumda emas, himoyada, David De Xeaning yonida o'ynadi.
MYU 4-4-2 sxemasiga o'tganida Reshford va Lukakudan foydalanmoqda. Biroq jamoa bunday uslub bilan uzoqqa bormaydi. Ular uslubni o'zgartirishi kerak", - dedi van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar