Van Gal: "Qachon "Barselona"ning ishlari orqaga ketsa, muxlislar xorijliklarni ayblashadi"
11 okt 2021 01:42
Yangiliklar
Van Gal: "Qachon "Barselona"ning ishlari orqaga ketsa, muxlislar xorijliklarni ayblashadi"
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal "Barselona"ning o'ziga xos xususiyati haqida gapirdi.
"Hammasi yaxshi ketayotganida va siz oxirgi ikki yil davomida Frenki de Yong kabi maksimal o'yin namoyish eta olsangiz, tashvishga hojat yo'q. Ammo ish noto'g'ri ketganda, "Barselona" muxlislari doim xorijliklarni ayblashadi. Va bu holatda murabbiy javobgarlikka tortiladi", — dedi van Gal matbuot anjumanida.
Murabbiy u hammasidan omon qolganini, endi esa bu yuk Ronald Kumanga kelib tushganini qo'shimcha qildi, chunki u "xorijlik hamda niderlandiyalik". "Tarix takrorlanadi", deya qo'shimcha qildi 1997 yildan 2000 yilgacha "Barselona"da ishlagan van Gal. Uning qo'l ostida jamoa UEFA superkubogi, ikki bor Ispaniya chempionligi va Qirollik kubogini qo'lga kiritgan.
Fikrlar