Van Deyk: “Qatorasiga 13 ta g'alaba bu yaxshi, ammo hali sovrinni yutmadik”
01 sen 2019 09:26
Yangiliklar
Van Deyk: “Qatorasiga 13 ta g'alaba bu yaxshi, ammo hali sovrinni yutmadik”
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk APL 4-turida “Byornli” (3:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Qatorasiga 13 ta matchda g'alaba qozonish, bu katta natija. Ammo biz hali bu turnirni yutmadik. Endi FIFA kunlari bois tanaffus bo'ladi. Biz terma jamoa ixtiyoridan qaytgandan keyin ham g'alabali seriyani davom ettirish niyatidamiz.
Jamoa asosiy tarkibi va zaxiradagi futbolchilarni saviyasini hisobga olgan holda aytish mumkinki, biz APLda yanada yaxshiroq ishtirok eta olamiz.
Safarda “Byornli”ga qarshi to'p tepish har qanday jamoaga ham qiyinchilik tug'diradi. Biz bu erdan ijobiy natija bilan qaytayapmiz. Biz bir hafta mobaynida mashg'ulotlarda ularning maydonda qanday harakat qilishlarini tahlil qilib, shunga mos ravishda maydonga tushdik”, deydi van Deyk “Sky Sports”ga berga intervyusida.
Fikrlar