Van Deyk: "Liverpul" "Manchester Yunayted"dan qo'rqmasligi lozim"
15 dek 2018 10:42
Yangiliklar
Van Deyk: "Liverpul" "Manchester Yunayted"dan qo'rqmasligi lozim"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 17-tur o'yini haqida fikr bildirdi.
"Kim bilan to'qnash kelayotganimizni bilamiz. Hozirgi xolatimiz ularnikidan yomon emas, shu sababli hech narsadan qo'rqmaslik kerak, biroq "Manchester Yunayted" xavfli jamoa. Ularda kuchli futbolchilar bor, ayniqsa hujum chizig'ida. Biroq "Liverpul" o'z o'yinini namoyish etib, raqibga bosim o'tkazishi lozim" - deydi van Deyk.
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" bahsi 16 dekabr kuni "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar