Van Deyk: "Keyingi mavsum 100 ochko yig'amiz"
12 may 2019 15:56
Yangiliklar


Van Deyk: "Keyingi mavsum 100 ochko yig'amiz"
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk ushbu mavsumda 97 ochko ham chempionlikka etarli emasligi haqida gapirdi.
"Bu yo'lning boshlanishi. Bu erga o'sish, rivojlanish uchun kelganman. "Liverpul" orqali oldinga katta qadam tashladim deb ayta olaman.
Biz bu mavsumdan faqatgina yaxshi taassurotlar olishimiz kerak. To'g'ri, mavsumni bundan-da yaxshiroq o'tkazishimiz mumkin edi. Ammo ayta olaman, muxlislarimiz bizdan ranjishmagan.
Asosiysi - har yili sovrin uchun kurashish. Bu mavsumda 97 ochko ham chempionlik uchun etmasa, keyingi mavsumda 100 ochko yig'amiz", - dedi Van Deyk.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar