So’nggi yangiliklar

07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13

Van Deyk 75 million?! Unda Paolo Maldini qancha turardi? Yangiliklar

Van Deyk 75 million?! Unda Paolo Maldini qancha turardi?

Mana, qishki transfer oynasining eng qizg'in pallasiga ham etib keldik, desak adashmaymiz.

Ha, siz-u biz eng shov-shuvli kelishuvlar transfer oynasining so'nggi kunlarida amalga oshishiga yoki bir yo'la yozda sodir bo'lishiga ko'nikib qolganmiz. Ammo bir nazar tashlasak, jamoalar yanvar oyini ham samarali o'tkazishga harakat qilmoqda. So'nggi ikki-uch yilda “bozordagi” narx-navoni tushunib bo'lmay qoldi. Kechagina “katta sahnaga” chiqib, yuqori darajada 1-1,5 mavsum o'tkazgan bolakaylarga 100 mln evrodan ko'p pul taklif qilishmoqda! Vaholanki, yaqin-yaqingacha 100 mln evro futbol olamining chinakam yulduzlari, grossmeysterlarga belgilanadigan narx edi. Ammo endi summalar boshqacha va oddiy hayotda bo'lgani kabi narxlar oshsa-oshadiki, qayta tushirilmaydi.

Xo'sh, zamonamiz yorqin yulduzlarining (transferlari 90-yillar oxiri va yangi asr boshlarida, bugungi vaqt uchun arzimagan pul evaziga amalga oshirilgan) hozir transfer summasi qancha bo'lardi?  

Demak, boshladik.

Zinedin Zidan (77,5 mln evro, 2001 yil). Zizu “Real”ga 2001 yil ko'chib o'tgandi. Aytish mumkinki, francuz faoliyatining eng yuqori nuqtasida Madrid jamoasiga kelib qo'shilgan. 29 yoshli Zidanni hozir qancha pul evaziga sotib olishardi? Futbolchi yoshini hisobga olib, gap “Oltin to'p” sohibi va Jahon hamda Evropa chempioni haqida ketayotgan bo'lsa ham, transfer summasi 200 mln evrodan oshib ketmasdi. Tahminimizcha, Zidan-2001 hozir tahminan 180 mln evroga baholangan bo'lardi.

Zlatan Ibragimovich (69,5 mln evro, 2009 yil). To'g'risi, 2009 yil futbolchi transferi uchun “Barsa” ajratgan summa ko'pchilikni xayron qoldirgandi. Uni (o'sha vaqtdagi narxlar bo'yicha olsak) qimmatga sotib olishgan. Zlatan 3-4 mavsum A seriyada o'zini ko'rsatgan va bir qancha sovrinlarga ega chiqqandi xolos. O'sha vaqtda u maydonda ham, intervyu berishda ham qiziqishga sabab bo'la oladigan mashhur hujumchi bo'lish harakatida edi. Biroq qaysi rakursdan qaramang, bugungi darajasiga etmagan edi. Ha, o'shanda transfer narxi belgilanayotganda uning yoshi (o'shanda shved 25 yoshda edi) inobatga olingan va u futbolchining eng gullagan davri deb hisoblangandi.

Avvalroq, “Yuventus” shunga o'xshash futbolchi, ammo 29 yoshli Iguain uchun 90 mln evro berganini eslasak, hozir 25 yoshdagi Ibra uchun tahminan 130 mln evro to'lashardi.

Kaka (67 mln evro, 2009 yil). “Real Madrid” 2009 yil “Milan”dan ajoyib futbolchi Kakani xarid qilgan edi. O'shanda braziliyalik “Oltin to'p” yutganiga ko'p bo'lmagan va 27 yoshda edi. Bir qarashda, Kaka “Real”da faoliyatining uzoq yillar eslab yurishga arzigulik qismini o'tkazishi kerak edi, biroq... Jarohatlar hali Kakani bezovta qilmayotgandi va gap o'ta yuqori darajadagi futbolchi haqida ketardi. Demak, bugungi kunda o'sha Kaka uchun cho'chimay 230mln evro so'rasa bo'lardi.

Krishtianu Ronaldu (94 mln evro, 2009 yil). “Real” 2009 yil yana bir mega-transferni amalga oshirgandi. Ronaldu o'shanda jahon futbolining bo'lajak eng kuchli ikki futbolchilaridan biri hisoblanar, ko'pchilik uning iqtidoriga tan berib ulgurgan, ammo hammasi hali oldinda ekanligini bilardi. Bugungi kunda Neymarga shu kabi baho berish mumkin. Lekin braziliyalikdan farqli o'laroq, portugaliyalik “zambarak” hisobida bu transfer amalga oshgunga qadar, “Oltin to'p” egasi bo'lib, CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishga ulgurgan edi. Krishtianu, 2017 yildagi Neymarga qaraganda, ancha qiziqarliroq, foydaliroq transferligi yaqqol ko'rinib turibdi. Ana shu jihatlarni inobatga olib, Krishtianu-2009 bugungi transfer bozorida 400 mln evroga baholanardi deb ayta olamiz. Etiroz bildirishga shoshilmang! Uni sotib olgan jamoa avtomatik ravishda jahon futbolining eng kuchli ikki futbolchisidan biriga, yaqin 10 yil davomida, har mavsum, o'rtacha 50tadan gol uruvchi forvardga ega bo'lardi. SHunday ekan, 400 mln evro —juda yaxshi narx.

Luish Figu (62 mln evro, 2000 yil). O'z vaqtida aynan u transfer “Real”da “galaktikos”davrini boshlab bergandi. Ha, Figu elkasida Evro-2000dagi o'yinlari bor ajoyib xavbek edi. Ammo 2000 yil 62 millionga arzimasdi. Pulning o'sha vaqtdagi qadrini eslang — 62 million evro... Birinchidan futbolchi 28 yoshdan o'tgan. Boshqa tarafdan Figu hech qachon maydonda hal qiluvchi rollardan birini bajarmagan. U qatorasiga gol ham urmagan, pleymeyker ham emasdi. Ha, qanotdan o'tib borib, golli paslar etkazib bera olar, bazan jarima zarbalarini omadli amalga oshirardi, lekin undan ortig'ini emas. Har holda portugaliyalikning transferi u darajada qimmatga tushmasligi kerak edi. SHu o'rinda, Figu “Barsa”dan “Real”ga o'tishi transfer narxini shunday ko'tarib yuborganini ham ko'pchilik yaxshi tushunardi. Barcha jihatlarni inobatga olib aytadigan bo'lsak, hozirda Luish Figu tahminan 100 mln evroga baholanardi.

Ernan Krespo (58,5 mln evro, 2000 yil). Transfer summasi ko'plab savollarga sabab bo'lgan yana bir kelishuv. Raqamlar bunday ko'rinish olishida, o'sha vaqtdagi “Lacio” rahbarlari, jumladan, Serjo Kranottining hissasi katta. Ha, Krespo top darajadagi hujumchi edi, lekin bu narxga uni sotib olish... Ahmoqlikdan boshqa narsa emasdi. O'sha vaqtning o'zida Ernandan kuchliroq, ammo arzonroqqa sotilgan forvardlar etarli edi. Birgina SHevchenkoni eslashning o'zi etarli chamamda. Ernan Krespo-2000 bugungi narxi 80-90 mln evro atrofida bo'lardi, undan ortiq emas.

Jijji Buffon (52 mln evro,2001 yil). Futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon. Buffon bu nomni mana deyarli 20 yildirki hech kimga bermay kelmoqda! Nima ham deyish mumkin, bu sarflangan pullar o'zini oqlagan transferning yorqin misoli. Buffonni har qancha maqtasak oz. “Yuventus” nafaqat kuchli darvozabon, balki jamoa timsoli, klub afsonasini qo'lga kiritdi va Jijji sadoqat bilan turinliklar darvozasini qo'riqlab keldi. Ha, darvozabon va himoyachilar hujumchilarga nisbatan arzonroq narxlanadi, ammo shunda ham bugungi kunda Buffon-2001 bemalol 230 mln evroga baholangan bo'lardi.

Ronaldo (46 mln evro, 2002 yil). 2002 yil “Inter” JCH-2002ning eng yaxshi to'purarini (8ta gol) qo'yib yubordi. “Real” “so'yloq”ga o'sha vaqtlar uchun jiddiy 46 mln evro to'lagan, ammo bu bir yil avval o'rnatilgan rekord – Zidan transferidan ancha kam edi. Bu erda, mundialdan avvalroq, Ronaldo ketma-ket tizzasidan jarohat olgani va uning faoliyati katta xavf ostida qolgani ham muhim rol o'ynagan. Biroq “Real” tavakkal qilishga qo'rqmadi va yutib chiqdi. Ha, Ronaldo bor yo'g'i 5 yil o'ynab berdi va ko'plab sovrinlar yuta olmadi, ammo muhim va ko'plab gollarga mualliflik qildi. O'sha vaqtlarda jamoa obro'si yanada ko'tarilishi va futbolkalar sotuvi keskin oshishida Ronaldoning ham ulushi bor. Hozir bunday futbolchini 200 mln evrodan kamiga topa olmasdingiz.

Franchesko Totti. Ha, Totti hech qachon “Roma”ni tark etmagan. U sotilmaydi va uning transfer narxini tahminan ham aytib bo'lmaydi. Biroq bu vaziyatda faqatgina individual fikrga tayanish mumkin xolos. CHesko uchun rimliklar, uning eng gullagan davrida (2002-2003 yillar — o'shanda Totti 26 yoshda edi) tahminan 250 mln evro talab qilishgan. Tottidek futbolchi jamoaga juda ko'p foyda keltirgan bo'lardi.

Paolo Maldini. Gollandiyalik himoyachi Virjil van Deyk omadsiz davrlarini o'tkazayotgan Gollandiya termasi safidagi 12 o'yini bilan yanvar oyi boshida 75 mln funtga sotib olindi! To'g'risini aytsak, unda afsonaviy himoyachilar Fabio Kannavaro, Paolo Maldini yoki Alessandro Nesta qanchaga baholanardi? Qo'rqib ketasan kishi. Ammo, keling jazm etaylikda, tasavvur qilib ko'raylik. Trasfer bozorida 26-27-yoshlardagi Paolo Maldini varianti paydo bo'ldi. Futbol tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri, etiborli jihati, buni istalgan klub muxlislari tan oladi, butun faoliyatini “Milan” safida o'tkazgan. Xo'sh, “Rossonerilar” futbolchi uchun qancha so'rashlari mumkin edi bugungi kunda? Ustiga-ustak, kuni-kecha van Deyk uchun 75 mln funt to'lashgan bo'lsa? Tahminimizcha, 200 millionlik dovonni Maldini ortiqcha qiyinchiliksiz oshib o'tgan bo'lardi. U kabi himoyachi bugungi narxlarda deyarli 250 mln evroga baholanardi. Biroq “pulini qaerga qo'yishni bilmayotgan” shayxlar yoki bazi klub prezidentlari bu narxni ancha ko'tarib qo'yishlari ham hech gap emasdi.


Bu narxlar taxminiy, albatta. Futbolchilar o'yinini yodga olib, bugungi narxlarga solishtirgan holda tuzildi, xolos. Bu ro'yxatga kiritishga loyiq bo'lgan yana boshqa futbolchilar bo'lishi ham mumkin. Xo'sh, siz yana kimni qanday narxda qo'shgan bo'lardingiz? Ismlari sanab o'tilgan futbolchilar transferi, sizning nazdingizda, bugungi kunda necha pulga arzirdi?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика