Van der Vart: "Beyl bazida yomon yigit bo'lib turishi kerak"

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 18:18
Gollandiyalik futbolchi Rafael van der Vart uelslik hujumchi Garet Beylning "Real"dagi muammolari haqida gapirdi.

"Beyl bazida yomon yigitga aylanib turishi kerak. Bu gapni yaxshi manoda aytyapman. U 100 mln. evro turadi. Beyl uchun ko'p pul to'lashdi va uelslik yaxshiroq o'ynashi lozim. U "Tottenxem"dagi so'nggi yilida hamma jarima zarbasini ijro etdi. Beyl o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatar edi. Buni "Real"da ham amalga oshirish lozim.

Garet - ajoyib futbolchi, ammo u o'ziga ishonishi kerak. "Real" - og'ir klub, agar ularning darajasiga mos bo'lmasang, Ronaldu, Beyl yoki van der Vart bo'lishingga qaramay bir yildan so'ng seni sotib yuborishadi. Garet o'zini ko'rsata oladimi, yo'qmi, bilmayman" - deydi van der Vart.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard