Van der Sar: "De Ligt faoliyatini Angliya yoki Ispaniyada davom ettirsa kerak"
09 may 2019 13:46
Yangiliklar
Van der Sar: "De Ligt faoliyatini Angliya yoki Ispaniyada davom ettirsa kerak"
"Ayaks" bosh direktori Edvin van der Sar jamoa himoyachisi Mateys de Ligtning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Navbatdagi bahslar de Ligt uchun "Ayaks" tarkibidagi so'nggi uchrashuvlar bo'lsa kerak. U klubni yuqori notada tark etadi deb umid qilaman. De Ligt bolaligidan bu erda va tez orada grand jamoa vakiliga aylanadi. U Angliya yoki Ispaniyaga ketsa kerak" - deydi van der Sar.
Oldinroq, de Ligt "Barselona"ga o'tishni istayotganligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fikrlar