Van der Sar: "De Ligt faoliyatini Angliya yoki Ispaniyada davom ettirsa kerak"

Aslanov Jasurbek
9 may 2019, 13:46
"Ayaks" bosh direktori Edvin van der Sar jamoa himoyachisi Mateys de Ligtning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Navbatdagi bahslar de Ligt uchun "Ayaks" tarkibidagi so'nggi uchrashuvlar bo'lsa kerak. U klubni yuqori notada tark etadi deb umid qilaman. De Ligt bolaligidan bu yerda va tez orada grand jamoa vakiliga aylanadi. U Angliya yoki Ispaniyaga ketsa kerak" - deydi van der Sar.

Oldinroq, de Ligt "Barselona"ga o'tishni istayotganligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia