Valverde: "Roma"ga qarshi bahsda 75 daqiqa yaxshi o'ynadik"
01 avg 2018 13:14
Yangiliklar
Valverde: "Roma"ga qarshi bahsda 75 daqiqa yaxshi o'ynadik"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Roma"dan uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.
"75 daqiqa yaxshi o'ynadik, ammo uchrashuv oxiri omadsiz bo'ldi. O'yinning katta qismida ustunlik qildik.
Maydonda yoshlarimiz paydo bo'lganidan so'ng ham yaxshi harakat qildik. Biroq keyin tarkibni hisobga olib, orqaroq qaytdik. Bu o'rganishning bir qismi. Ha, hamma yutishni yaxshi ko'radi, ammo asosiysi yaxshi o'ynadik.
Malkom o'yinni yaxshi o'qiydi. U to'p uchun orqaga qayta oladigan kuchli futbolchi. Tez harakat qiladi, Malkom uzoqdan kuchli zarba bera oladi. Uning o'yinidan ko'nglimiz to'ldi.
Rafinya ikki uchrashuvdan beri yaxshi ko'rinmoqda. U ko'p poziciyalarda o'ynay olishi biz uchun katta ustunlik. Nihoyat uning o'yinini kuzata olaman, o'tgan mavsum u jarohat olgan edi. Hozircha ko'rganimdan mamnunman" - deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar