Vali Sultonov: “Xorazm”ga yana qaytganimdan xursandman”
15 sen 2014 12:29
Yangiliklar

Vali Sultonov: “Xorazm”ga yana qaytganimdan xursandman”
Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, birinchi liga ishtirokchisi “Xorazm” jamoasiga Vali Sultonov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Mahalliy murabbiy aslida jamoa uchun begona emas. Boisi Sultonov ilgari ham “Xorazm”ni bir necha mavsum boshqargandi. Kuni-kecha yana qadrdon jamoasiga qaytgan Sultonov bilan shu haqda suhbatlashdik.
- Bilsangiz kerak, bu yil jamoaning ishtiroki qoniqarli kechmayapti. Ayniqsa ikkinchi bosqichda kutilgan natija ro'y bermadi – deya gap boshladi Vali Sultonov. – SHu bois klub rahbariyati kuni-kecha meni yana jamoa boshqaruv postiga taklif qildi. Bunga tabiiyki “labbay” deb javob berdim. CHunki “Xorazm” men uchun qadrdon klub. Bu erda oldin ham ishlaganman. Yana semili jamoamga qaytganimdan xursandman.
- Bungacha qanday ishlar bilan mashg'ul edingiz?
- 2012-2013 yillar davomida “Nasaf” yoshlar jamoasida ishladim. U erda Bahodir Annamatovga yaqindan yordam berdim. 2014 yilning boshiga kelib esa amaldagi shartnoma yakuniga etdi va men Urganchga qaytdim. SHundan so'ng viloyatimizdagi futbol maktab internetida yosh bolalar bilan ishladim. 1999 yilda tavallud topgan yigitlardan iborat guruhni berishgach, ular bilan astoydil ishladim.
- Bolalar futbolida ishlash qanday kechdi?
- Yomon emas. Bilasizmi yoshlar bilan ko'proq texnik jihatlar borasida ishladim. SHuningdek turli taktik uslublarni o'zlashtirib bordik.
- Endilikda internatdan butunlay ketgan bo'lsangiz kerak?
- Ha. Ikki joyda ishlash kishini jismoniy jihatdan toliqtirib qo'yadi. SHu bois endigi o'y hayolim “Xorazm”ga qaratilgan.
- “Xorazm”ning bugungi tarkibi borasida fikringiz qanday?
- Tarkib chakki emas. Oldin yuqori ligada o'ynagan yigitlar ko'pchiligi. Faqat ular bilan ishni to'g'ri yo'lga qo'ya olish asosiy o'rindagi masaladir. Hozircha ular bilan ikki marta mashg'ulot o'tkazdik. SHu asnoda ularning jismoniy xolatini yaxshilashga urindik. Umuman olganda tarkibdagi futbolchilar bilan ilgari ham birga ishlaganim uchun tez til topishib ketdik.
- Mahalliy muxlislar “Xorazm”ning bu yil oliy ligaga qaytishini kutgandi. Biroq...
- Darhaqiqat, jamoa oliy ligaga chiqsa xursand bo'lamiz. Baribir elita vakillari bilan o'ynash har doim qiziqarli kechadi. Afsuski bu yil yana kuchlilar safiga qaytish imkoniyatimiz pasayib ketdi. Deyarli imkoniyat qolmadi hisob. CHunki oldindagi raqiblar ochkolar borasida ancha ilgarilab ketgan. SHu bois endi etiborni yoshlarni tarbiyalashga va imkon qadar mavsumni 6-o'rinda yakunlashga qaratamiz.
- Kelasi yil jamoa oliy ligaga chiqish uchun kurashishi mumkinmi?
- Bu ko'proq rahbariyat tomonidan qo'yiladigan vazifaga bog'liq. Agarda shunday maqsad qo'yilsa, buning uchun bor kuchni ishga solamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar