So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

Vali Keldiev: "Kenjaev "Nasaf"da ko'proq men bilan birga yurardi" Yangiliklar

Vali Keldiev: "Kenjaev "Nasaf"da ko'proq men bilan birga yurardi"

Kamoliddin Kenjaev xayriya akciyasi boshlanganidan keyin uning sobiq jamoadoshlarini ham bezovta qila boshladik.
Etiborlisi ularning barisi hozircha tadbirda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini va Kamoliddin uchun afsusdaligini bildirib kelmoqda.

Bundan 10-12 yil muqaddam Kenjaev endigina "Nasaf"ning muhim azosiga aylanib borayotgan  paytda tarkibda u bilan birga tajribali Vali Keldiev ham birga o'ynagan. Bugungi kunda Mashal yoshlar jamoasida murabbiylik qilib kelayotgan sobiq futbolchi ham 29 noyabr kuni tadbirga bajonidil kelishga rozi ekanligini bildirib o'tdi.

- Ha, yaqinda "SA" saytida Kamoliddin uchun xayriya akciyasi bo'layotgani haqida o'qidim. Unda ko'rsatilgan telefon raqamini ham yozib olganman. Albatta imkoni bo'lsa biz ham ishtirok etamiz. Kenjaev ajoyib yigit edi. Juda ham kamtar. Mehnatkash va shu bilan birga xushchaqchaq bola bo'lgan. Hozir ham tushkunlikka tushmasdan, hazillashib turadi. Ming afsuski uning futbolda va hayotda omadi kelmadi. Endigina "Nasaf"ning muhim bir azosiga aylanib borayotganida kutilmagan avtofalokat tufayli shunday holatga tushib qoldi.

- Kamoliddin "Nasaf"da o'ynagan vaqtlarida ko'proq men bilan birga yurardi. U bilan munosabatlarimiz hamisha yaxshi bo'lib kelgan. Ukamdek bo'lib qolgan. Telefon orqali yoki ko'rishib gaplashib turamiz.

- Agarda tashkilotchilar 29 noyabr kuni Toshkentdagi tadbirga taklif etishsa, borishga tayyorman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi


Buni hamma o'qishi shart! Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz, akciyada ishtirok eting!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика