Vali Keldiev: "Kenjaev "Nasaf"da ko'proq men bilan birga yurardi"

Narzulla Saydullayev
28 okt 2014, 11:31
Kamoliddin Kenjaev xayriya akciyasi boshlanganidan keyin uning sobiq jamoadoshlarini ham bezovta qila boshladik.
E'tiborlisi ularning barisi hozircha tadbirda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini va Kamoliddin uchun afsusdaligini bildirib kelmoqda.

Bundan 10-12 yil muqaddam Kenjaev endigina "Nasaf"ning muhim a'zosiga aylanib borayotgan  paytda tarkibda u bilan birga tajribali Vali Keldiev ham birga o'ynagan. Bugungi kunda Mashal yoshlar jamoasida murabbiylik qilib kelayotgan sobiq futbolchi ham 29 noyabr kuni tadbirga bajonidil kelishga rozi ekanligini bildirib o'tdi.

- Ha, yaqinda "SA" saytida Kamoliddin uchun xayriya akciyasi bo'layotgani haqida o'qidim. Unda ko'rsatilgan telefon raqamini ham yozib olganman. Albatta imkoni bo'lsa biz ham ishtirok etamiz. Kenjaev ajoyib yigit edi. Juda ham kamtar. Mehnatkash va shu bilan birga xushchaqchaq bola bo'lgan. Hozir ham tushkunlikka tushmasdan, hazillashib turadi. Ming afsuski uning futbolda va hayotda omadi kelmadi. Endigina "Nasaf"ning muhim bir a'zosiga aylanib borayotganida kutilmagan avtofalokat tufayli shunday holatga tushib qoldi.

- Kamoliddin "Nasaf"da o'ynagan vaqtlarida ko'proq men bilan birga yurardi. U bilan munosabatlarimiz hamisha yaxshi bo'lib kelgan. Ukamdek bo'lib qolgan. Telefon orqali yoki ko'rishib gaplashib turamiz.

- Agarda tashkilotchilar 29 noyabr kuni Toshkentdagi tadbirga taklif etishsa, borishga tayyorman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi


Buni hamma o'qishi shart! Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz, akciyada ishtirok eting!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia