Valeriy Karpin: SHomurodov himoyada bundan ham yaxshi o'ynashini kutgandim
11 noy 2018 08:32
Yangiliklar
Valeriy Karpin: SHomurodov himoyada bundan ham yaxshi o'ynashini kutgandim
- Bugun «Rostov» raqib himoyasini sindira olmagan oldingi uy o'yinlariga o'xshab ketdi. Bunga qo'shilasizmi?
- Ha. O'xshadi. Kuchli himoyani yorib o'tish qiyin bo'lmoqda. Barcha kabi bizda ham shunday muammo bor. Jamoam himoyada nima qilishni biladi, ammo hujum borasida ishlashimiz lozim.
- Kalachev va Zuev o'ynamadi. Nimaga?
- Sababi boshqa futbolchilar bor.
- Sigurdsson bugun maydonga tushmadi.
- Unda kichik jarohat bor. Sog'ligi bilan tavakkal qilishni xohlamadik.
- SHomurodov qanot himoyasida o'ynadi. Uning o'yinidan qoniqdingizmi?
- 100 foiz emas. Hujumkorroq o'ynamoqchi edik. Eldor bu joyda oldin to'p tepgan. Bundan ham yaxshiroq o'ynashiga umid qilgandik.

|
FC Rostov |
Premier League . 14-tur 10/11/2018, 21:00 0
:
0
Tugadi
|
Dinamo Moscow |
Stadion: Rostov Arena
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar