Valeriy Karpin: Gollar SHomurodovga yordam beradi
30 apr 2018 08:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/423870_original.jpg)
![](/upload/storage/423870_220.jpg)
Valeriy Karpin: Gollar SHomurodovga yordam beradi
Rostov bosh murabbiyi Valeriy Karpin Tosnoga qarshi o'yindan so'ng (2:0) dublga erishgan SHomurodov haqida gapirdi.
– Bugun Sigurdarson o'ynamadi, ammo SHomurodov dublga erishdi. Keyingi bahsda kim maydonga tushadi?
– Keyingi o'yingacha 6 kun bor, shu bois hech nima deya olmayman. Ayniqsa ommaviy ravishda. Mashg'ulotlarni kuzatamiz. Ushbu gollar Eldorga ishonch qo'shadi va yordam beradi. Axir u «Rubin»ga qarshi bahsda ham yaxshi o'ynagandi. Faqat gollarga etibor qilish to'g'ri emas. U yosh yigit va gol urishni boshladi. Xuddi Bayramyan kabi, - deydi Karpin klub rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar