Valeriy Fomichyov: "Bu vaziyatga uchrashuv nazoratchisi qanday baho berishi juda qiziq"
03 avg 2015 13:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178523_original.jpg)
![](/upload/storage/178523_220.jpg)
Valeriy Fomichyov: "Bu vaziyatga uchrashuv nazoratchisi qanday baho berishi juda qiziq"
Oliy liganing 16-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Paxtakor" o'yinida mezbonlarning legioner darvozaboni Valeriy Fomichyov hakam tomonidan chetlatildi.
Ushbu vaziyat yuzasidan "Olmaliq" posboni o'z fikrlarini bildirdi.
"Qoidani buzdimmi? Bu haqida hakam qaror chiqarib bo'ldi. Menga qiziq jihati, uchrashuv nazoratchisi bu holat bo'yicha qanday baho berarkin. Bu juda qiziq", - deydi Valeriy Fomichyov.
Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvining 26-daqiqasida Fomichyov o'z jarima maydonchasi ichida to'pni egallab olganidan so'ng tizzasi bilan Stanislav Andreevga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. SHuningdek, ushbu vaziyatdan so'ng bosh hakam "Olmaliq" darvozasi tomon 11-metrli jarima zarbasi ham belgilagandi.
Valeriy Fomichyov "Olmaliq" safidagi o'zining debyut uchrashuvida qizil kartochka bilan siylandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar