Valentin Kovalenko Janubiy Koreyada ishlaydi
06 may 2017 14:22
Yangiliklar
Valentin Kovalenko Janubiy Koreyada ishlaydi
O'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko OCHL–2017 turniri “H” guruhi 6-turidan o'rin olgan “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya) va “Gamba Osaka” (Yaponiya) klublari o'rtasidagi o'yinga bosh hakam etib tayinlandi.
Valentin Kovalenkoga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Husniddin SHodmonov assistentlik qiladi. Singapurlik CHia Eng Vax Jon hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – CHen Yongliang (Xitoy).
“Jeju Yunayted” – “Gamba Osaka” uchrashuvi 9 may kuni Janubiy Koreyaning Jeju shahridagi Jeju World Cup Stadium maydonida o'tkaziladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar