"Valensiya" Ruben Baraxani istefoga chiqardi
26 dek 12:41
Yangiliklar
"Valensiya" Ruben Baraxani istefoga chiqardi
Bu haqida klub rasmiy saytida xabar berildi.
"Valensiya" yakshanba kuni Ispaniya chempionati 18-turi doirasida o'z maydonida "Alaves" bilan durang qayd etdi (2:2). Jamoa 12 ochko bilan musobaqa jadvalining oxirgidan avvalgi 19‑o'rinni egallab turibdi.
"Joriy mavsumdagi natijalar dinamikasi mazkur o'ta og'ir qarorni qabul qilishga majbur qildi. Biz vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirish va yaxshiroq natijalarga erishishni maqsad qilganmiz", — deyiladi klub xabarida.
Ispaniyalik 49 yoshli Baraxa futbolchilik faoliyati davomida "Valensiya" sharafini himoya qilgan va klub bilan ikki marta Ispaniya chempionligi va mamlakat Kubogini hamda UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.
"Valensiya" keyingi turda o'z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qiladi. Mazkur bahs Primeraning 12‑tur o'yini bo'lib, qoldirilgan va endi 3 yanvar kuni bo'lib o'tishi reja qilingan.
Fikrlar