LaLiga. "Valensiya" 101-daqiqada urilgan gol tufayli tayyor g'alabani boy berdi
18 avg 2019 00:20
Yangiliklar


LaLiga. "Valensiya" 101-daqiqada urilgan gol tufayli tayyor g'alabani boy berdi
O'yinda hisob 2-taym boshida Kevin Gameyro tomonidan ochildi. Bosh hakam o'yindagi to'xtalishlarni qoplash maqsadida, bahsga 8 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha daqiqalarning beshinchisida Gameyro penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq, undan foydalana olmadi.
SHundan so'ng, «ko'rshapalaklar» azosi Fransis Koklen o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun, uchrashuv referisi bu gal mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi va unga ikkinchi sariqni ko'rsatib, maydondan chetlatdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Mikel Oyarsabal esa uni aniq amalga oshirib, jamoasiga 1 ochko taqdim etdi.
Valensiya – Real Sosedad 1:1 (0:0, 1:1)
«Mestalya»
Gollar: 1:0 – 58 Gameyro, 1:1 – 90+11, penalti Oyarsabal.
Amalga oshirilmagan penalti: 90+5 Gameyro
Valensiya – Sillessen, Garay, Kosta (Pichchini, 82), Gabriel Paulista, Vass, Gedesh, Kondogbia, Koklen, Soler (Ferran Torres, 90), Rodrigo (CHeryshev, 85), Gameyro.
Real Sosedad – Moyya, Munos (Rodriges, 85), Le Norman, Saldua (Barrenechea, 82), Subeldiya, Ilyarramendi, Merino, Yanuzay (Isak, 71), Edegor, Oyarsabal, Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Edegor (29), Merino (36), Saldua (42), Le Norman (57), Koklen (63), CHerishev (90), Garay (90).
CHetlatish: Koklen (90+11).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar