So’nggi yangiliklar

19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  14 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0

"Valensiya"ga qarshi o'yinda Vinisius bilan nima sodir bo'ldi? U nega chetlatildi? Yangiliklar

"Valensiya"ga qarshi o'yinda Vinisius bilan nima sodir bo'ldi? U nega chetlatildi?

Ispaniya La Ligasining navbatdagi o'yini ziddiyatlar bilan yakunlandi.

"Valensiya" "Real"ni 107 daqiqa davom etgan o'yinda mag'lub qilishga erishdi. Biroq, o'yindagi asosiy voqea Vinisius bilan sodir bo'ldi. 

Ikkinchi bo'lim oxirlarida "Valensiya" muxlislari Vinisiusni "ahmoq" deya haqoratlashdi. O'yinni esa sakkiz daqiqaga to'xtatishga to'g'ri keldi.

Ushbu vaziyatdan biroz oldin "Real" hujumga o'tayotganda maydonda ikkita to'p paydo bo'ldi. Ikkinchi to'pni tribunadan maydonga otishgandi. O'sha vaziyatda Vinisius to'p bilan oldinga o'tayotgan edi, ammo uni qo'rpollik bilan to'xtatishdi. Raqib o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatildi va jarima to'pi belgilandi. SHundan so'ng esa Vinisius va "Valensiya" muxlislari o'rtasida mojaro kelib chiqdi. 

Vini va bir necha "Real" o'yinchilari raqib darvozasi ortidagi tribunaga yuqinlashishdi. Vinisius esa qo'llari bilan kimgadir ishora qildi va hakamning etiborini o'sha nuqtaga qaratmoqchi bo'ldi. 

Bir necha manbalar ushbu holatda Vinisiusga nisbatan irqiy kamsitishlar bo'lganini yozishdi. UOL nashrining yozishicha, braziliyalik vingerni "Valensiya" futbolchilari maymun deya haqoratlashgan. Bundan tashqari, birinchi bo'lim davomida muxlislar Vinisiusga nisbatan "Naqadar yomonsan, Vinisius, naqadar yomonsan" deya baqirishgan. 

Ikkinchi bo'limning qo'shib berilgan daqiqasida esa Vinisius qo'pollik sabab chetlatildi. Vini Ugo Duroning yuziga urgani VAR yordamida tekshirildi va braziliyalik qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Biroz avval Vinisiusni tomog'idan bo'g'ib olgan "Valensiya" futbolchisi Duro esa xatto sariq kartochkaga ham loyiq ko'rilmadi. Vinisius Junior esa maydonni istehzoli qarsaklar ila tark etdi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика