Vagiz Galiulin Andijonda master klass o'tkazdi
16 dek 2015 10:00
Yangiliklar


Vagiz Galiulin Andijonda master klass o'tkazdi
Ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak, Galiulin Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SHu bois u o'zi tug'ilib o'sgan viloyatdagi yosh futbolchilarga befarq emas. Kuni-kecha viloyat futbol federaciyasining tashabbusi bilan Vagiz Andijon shahridagi SHo'rbuloq dahasida joylashgan “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”ga tashrif buyurdi. Bundan ko'zlangan maqsad rossiyalik legionerimiz millionlar o'yiniga mehr qo'yib, kelajakda futbolchi bo'lishni istagan bolakaylarga mahorat darsini o'tab berish edi.
Nasibullo Madrahimov boshqaruvidagi ushbu futbol maktabida yoshlar uchun keng sharoitlar yaratilganini aytish lozim. Ushbu master klass u erda tahsil olayotgan bolalarni yanada to'lqinlantirib yubordi desak mubolag'a bo'lmaydi. CHunki Rossiya yashil maydonlarida to'p tepib kelayotgan professional futbolchi bilan maydonda birga to'p tepib, mashq bajarish yoshlarni xursand qilmasdan qolmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar