Vadim Evseev: "O'runov - Gazizovning loyihasi"
17 jan 2021 10:47
Yangiliklar


Vadim Evseev: "O'runov - Gazizovning loyihasi"
"Ufa" sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev yarim himoyachi Oston O'runovning transferi haqida gapirdi.
Uning aytishiga ko'ra, hamyurtimizning kelishi va u borada ishlash "Ufa"ning sobiq bosh direktori SHamil Gazizovning loyihasi bo'lgan.
"O'runov - Gazizovning loyihasi. "Ufa"ga olib kelishmaguncha uni umuman tanimas edim. Kiprdagi yig'inga bir hafta qolganida Gazizov menga: "O'zbekistondan bir yigitcha yig'inlarga keladi. Qarshi emasmisiz?", deb so'radi. U keldi. Ikkinchi yig'indayoq u bilan shartnoma imzolab yubordik", - dedi Evseev.
Yozda O'runovni "Spartak" sotib oldi. 20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda RPLning 8 o'yinida qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar