So’nggi yangiliklar

13:08ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?  4 12:53Мауро Икарди "Милан"га йўл олиши мумкин  0 12:21Тебас Хаби Алонсони қўллаб-қувватлади: "Реал" қийинчиликлардан чиқишни билади"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўйинлари ўзбек шарҳида, “Барса” ва бошқалар  0 11:24"Галатасарой" Рюдигерни қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Реал"нинг 32 ёшли ҳимоячиси таклифларга очиқ  3 10:45Массимилиано Аллегри А Серияда ой мураббийи деб топилди  0 10:17"Бунёдкор" сардори жамоани тарк этди  4 09:50МЮ сардорига нарх қўйди  2 09:22"Реал Мадрид" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи  4 08:55Аморим "Борнмут"га қарши ўйин олдидан "Манчестер Юнайтед" футболчиларининг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 08:28Трансфермаркт Ла лигада энг кўп нархи ошган футболчилар рейтингини тузди  1 08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  10 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  6 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0

Vadim Abramov: "Yaxshiboevda terma jamoada o'ynash uchun xohish ko'rmadim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Yaxshiboevda terma jamoada o'ynash uchun xohish ko'rmadim"

O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya va Iroq terma jamoasiga qarshi kechadigan o'rtoqlik uchrashuvlari oldidan poytaxtimizda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Milliy jamoamizning bugungi mashg'ulotidan oldin bosh murabbiy Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Kechadan mashg'ulotlarni boshladik. "Bunyodkor" - "Paxtakor" o'yinida ishtirok etgan futbolchilarga dam bergan edik, ular bugun kelib qo'shilishdi. Bugun esa to'liq tarkibda yig'ildik. Faqat "Paxtakor"ning jarohat olgan uch nafar futbolchisi biz bilan safar o'yiniga bora olmaydi. Igor Sergeevning o'rniga "Lokomotiv" futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqovni jalb qildik. Yana ikki nafar futbolchi BAAda qo'shiladi. Legionerlar ayrimlari pandemiya sabab etib kela olishmadi, ayrimlari jarohat olishgan. Yana bir hujumchimiz Eldor SHomurodov "Jenoa"ga moslashmoqda. Avvalida havotir olgan edim. Ularga sog'liq tilaymiz. Qanday jamoada o'ynashidan qatiy nazar o'yin amaliyotiga ega bo'lishi biz uchun muhimdir.

Jasur Yaxshiboev oktyabr oyidagi yig'inda qatnashdi. Lekin unda termada o'ynashga xohish ko'rmadim. Katta xohish yo'q ekan Yaxshiboevsiz o'ynaymiz. Boshi og'rigan yoki boshqa omillar sabab biz bilan birga bo'lishni istamadi. Terma jamoa eshiklari ochiq, faqat u o'ziga o'zi eshiklarni yopmoqda. Hali yosh futbolchi, balki hammasini tushunib olar. Nimalarga qodirligini va imkoniyatlarini bilamiz. Xet-trik qayd etdi? Bu bilan uni tabriklayman. Bobir Abdixoliqov bugun analiz topshirgan, hammasi joyida oddiy shamollash bo'lsa u mashg'ulotlarga qaytadi. BAAda uchinchi nazorat o'yinini ham o'tkazish borasida nima ham deyishim mumkin, Bahrayn bilan o'ynashimiz ehtimoli bor edi, ammo BAAni mag'lub etganimiz uchunmi ular biz bilan emas Tojikiston bilan o'ynashni istashdi. ",- deydi Vadim Abramov.




Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика