So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  5 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  2

Vadim Abramov Yaman bilan o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Vadim Abramov Yaman bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?

Teglar :  Vadim Abramov
O'zbekiston MTJ Yaman terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng matbuot anjumani tashkil etilmadi. SHunday bo'lsada, O'FA matbuot xizmati terma jamoamiz ustozi Vadim Abramovning fikrlarini taqdim etdi. 

"Bunday o'yinlar umringizni yarmiga qisqartiradi. O'yin juda qiyin o'tdi. Umuman olganda barcha o'yinlar shunday bo'ladi. Kimlardir bu o'yinda osonlikcha g'alaba qozonamiz deb o'ylagandi. 

Ular bilan Saudiya ham 2:2 o'ynagan. Yomon jamoa emas, ularga moslashdik, o'z o'yinimizni namoyish etdik.

Endi bundan hulosa chiqaramiz. Bugun Saudiya Arabistoni ham qiynaldi. Tushunishimcha, ular 85 daqiqagacha gol ura olishmadi. SHuningdek, iqlim sharoiti ham oson emas. Endi tiklanib, Saudiya bilan o'yinga tayyorlanishimiz lozim.

Birgina harakat bilan hujumchini oldinga olib chiqmoqchi edik, braklar ko'p bo'ldi, o'z futbolimizni ko'rsata olmadik. Ammo, vaziyatlarimiz bo'ldi, ulardan foydalanganimizda xotirjam o'ynay olardik. Afsuski, ularning darvozaboni yaxshi harakat qildi. SHunday bo'lsada yigitlardan minnatdorman, hisobni ushlab qola olishdi. 

Bunday hisobda oxirgi daqiqalar hayajonda o'tadi. Endi saudiyaga tayyorlanamiz. 

U 90 daqiqa o'ynashi lozim edi, u yana sariq kartochka olmasligiga ishonardim, chunki u aqlli futbolchi, ammo o'z imkoniyatlaridan past o'ynadi. (Ushbu vaziyatda murabbiy katta ehtimol bilan Masharipov haqida gapirdi)

Umar Eshmurodov haqida: Afsuski, birinchi taymda hayajonlandi, MTJ futbolchilarida o'yin tajribasi bo'lishi kerak, shuning uchun tajribali Ashurmatovni tushirdim, u yaxshi o'ynadi", - dedi Abramov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика