So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Vadim Abramov: To'g'risi, o'yin menga yoqmadi Yangiliklar

Vadim Abramov: To'g'risi, o'yin menga yoqmadi

Coca Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan Bunyodkor - So'g'diyona (2:2) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Nima deyishga hayronman? To'g'risi, o'yin menga yoqmadi. Taxminan, bunday darajadagi uchrashuvlarda doim shunday bo'lsa kerak. Sababi, uchrashuvda natija asosiy planda edi. Bu futbolchilarning ruhiyatiga salbiy tasir qildi. Hisob 2:0 bo'lganida biz xotirjam bo'lishimiz kerak edi, ammo hammasi teskari ko'rinish oldi. Tezkor goldan keyin raqib o'ziga qaytdi. Yo'q joydan ikkinchi golni ham qabul qildik. So'ng oddiy joyda xatolar qilishga tushdik. Lekin yigitlarga rahmat! Natijani ushlab qolishdi va o'z oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashdi.

Og'ir mavsumni o'tkazdik. Hozir yil davomida yo'limizda uchragan muammolarni sanab bersam, bilmadim. Asosiysi, boshida bizga qanchalik qiyin bo'lgan bo'lsa-da, oxiri yaxshilik bilan tugadi. Buning uchun klub tizimida ishlayotgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Bugungi yutuqning zamirida barchaning chin yurakdan qilgan mehnati, bizga bo'lgan ishonchi yotibdi. Xabaringiz bor, yil boshida jamoaning o'zi bo'lish-bo'lmasligi mavhum edi. Hozir esa, CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdik. SHuning uchun ham barchaga rahmat!

CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Tabiiyki, endi hammasi boshqacha bo'ladi. Ikki hafta dam olamiz, keyin yana mashg'ulotlarga kirishamiz. Bo'shashishga haqqimiz yo'q! Tarkib rahbariyatning bizga qo'yadigan vazifasiga qarab o'zgaradi. Legionerlardan ko'ra o'zimizda jamoa o'yinini kuchaytira oladigan futbolchilar bor. Qolaversa, biz CHempionlar Ligasida o'ynaymiz, tabiiyki, «Bunyodkor» libosini kiyishni xohlaydigan o'yinchilar topiladi.


TAS-IX emas


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика