So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy o'yin namoyish etishimiz mumkin edi, ammo biz futbol o'ynashni xohladik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy o'yin namoyish etishimiz mumkin edi, ammo biz futbol o'ynashni xohladik"

Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Paxtakor"ni tabriklayman. Hisob 0:5, menimcha natija o'yinga mos emas, afsuski bazida shunday bo'ladi. Bizning darvozaga yo'llangan zarbalarning barchasi gol bilan tugadi. Ilk daqiqadanoq gol o'tkazib yuborib o'yinni boshlash og'ir, ammo keyin o'zimizga keldik, hatto hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandik. 40-daqiqada himoyada parokandalik bo'ldi va taymni 0:4 hisobida yakunladik.

O'zimiz yaratayotgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Bu mahorat bilan bog'liq. Bugungidek yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak. Ikki hujumchimiz oldinga o'tsa va to'pni o'ziga o'nglay olmasa buni qanday izohlashni bilmayman.

To'g'ri bugun himoyaviy o'yin namoyish etishimiz, o'z jarima maydonimiz yoniga turib olishimiz mumkin edi. Ammo menimcha bunday o'yinlarni targ'ib qilmasligimiz kerak, yoshlar bugungidek o'yinlar orqali o'sishadi. O'tgan yil "Paxtakor"ga qarshi munosib qarshilik qilgandik. Ha, "Paxtakor" safida mahoratli futbolchilar juda ko'p, ammo biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Bu bizga dars bo'lishi kerak.

Nurmuradov o'yinga yaxshi kirishib keta olmadi deb o'ylayman. Bundan tashqari himoyada sheriklariga yordam berishga shoshilmadi va uni almashtirishga qaror qildim.

Bugungi bahsga tayyorgarlik doirasida Dragan CHeran haqida yigitlarga ko'p bor aytgandik. U jamoaning miyasi, yarim jamoa degandik. Afsuski ikki kun davomida aytganlarimiz 1-daqiqadayoq chippakka chiqdi va uning to'p uzatishidan keyin gol urildi.

CHeranga alohida bir futbolchini biriktirsam bo'lmasmidi? Bilasizmi "Paxtakor" bir hujumchi bilan o'ynaydi, CHeran uning ortida harakat qiladi. Biz to'rt himoyachi va yana bir CHeranga biriktirilgan futbolchi bilan o'ynasak qachon hujum qilamiz? O'yin oxirigacha himoyada o'ynardik. Biz futbol o'ynashni istadik. Agar yakun bo'lganida natija boshqacharoq bo'lishi aniq edi", - deydi Vadim Abramov.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика