Vadim Abramov: "O'runov SHomurodov bosib o'tgan yo'lni takrorlashi mumkin"
19 avg 2021 21:56
Yangiliklar
Vadim Abramov: "O'runov SHomurodov bosib o'tgan yo'lni takrorlashi mumkin"
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O'runovning "Ufa"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.
"Hozirda O'runov o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmayapti. Oston hali yosh va uning uchun hali hammasini oldinda.
U Eldor SHomurodov bosib o'tgan yo'lni takrorlashi mumkin, ammo buning uchun u "Ufa"da o'zini ko'rsata olishi va "Spartak" unga noto'g'ri baho berganini isbotlashi kerak", — dedi Abramov.
Eslatib o'tamiz, O'runov ushbu mavsumni ijara asosida "Ufa"da o'tkazadi.
Fikrlar