Vadim Abramov: "Oktyabr va noyabr oylarida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga harakat qilamiz"
12 avg 2020 11:34
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Oktyabr va noyabr oylarida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga harakat qilamiz"
Xabaringiz bor, OFK oktyabr va noyabr oyida o'tishi kerak bo'lgan JCH-2022 saralash o'yinlarini keyingi yilga qoldirdi.
Bu borada terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Ha, bu xabarni eshitdim. Menimcha OFK terma jamoa azolari etarli darajada o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun va pandemiya ortga chekinmayotgani bois shunday qarorga keldi deb o'ylayman.
Sentyabr oyida Tojikiston va Eron bilan o'rtoqlik o'yinlarimiz bor. Umid qilamanki bu o'yinlar bo'lib o'tadi. Bundan tashqari oktyabr va noyabr oyida ham o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishga harakat qilamiz. Barchasi pandemiya qanday davom etishiga bog'liq bo'ladi. Terma jamoa futbolchilarini yig'ib ular bilan ishlash uchun ko'proq vaqtimiz bo'ladi", - deydi Vadim Abramov championat.asia saytiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar