Vadim Abramov: "Og'ir o'tgan o'yinda g'alabaga erishdik"
13 avg 2023 22:48
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Og'ir o'tgan o'yinda g'alabaga erishdik"
O'yin haqida
- Nima deyish mumkin, bugun osonlikcha yutmadik. O'yin davomida turli bosimlarga duch keldik. Birinchi bo'limda gol urdik, biroq bo'lim davomida raqiblar bizga qattiq qarshilik ko'rsatishdi. "Mashal"ning uslubi shunaqa, kurashuvchan jamoa.
- Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlarimiz bo'ldi. SHulardan birida mehmonlar darvozaboni oldinga chiqib ketganidan foydalanib gol urdik. Og'ir o'tgan o'yinda muhim g'alabani qo'lga kiritdik.
- Jamoa namoyish etgan o'yindan qoniqdingizmi?
- Natija bo'yicha qoniqdim. Biroq, o'yin borasida diqqat etiborni yo'qotib qo'ygan vaqtlarimiz ham bo'ldi. Bugun "Mashal" bizga kuchli qarshilik ko'rsatdi. Xulosa olish uchun etarli darajada vaziyatlarga boy bo'lgan o'yin.
- Yana 4 kundan keyin "Navbahor-farm" bilan o'yin bor. Bu vaqt ichida jamoa tiklanib ulguradimi?
- Har qanday xolatga tayyor bo'lishimiz zarur. Ketma-ket o'yinlar o'tkazayapmiz. Kubok musobaqasi, chempionat, qisqa fursat ichida bir nechta uchrashuvda maydonga tushdik. Keyingi o'yinda ham albatta g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- Erkin Boydullaevda jarohat bormi?
- Ha, Boydullaev jarohat olgan. Bundan oldingi o'yinda eski jarohati qaytalanib qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar