Vadim Abramov: "Og'ir o'tgan o'yinda g'alabaga erishdik"

Administrator
13 avg 2023, 22:48
Pro-liga 12-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Nima deyish mumkin, bugun osonlikcha yutmadik. O'yin davomida turli bosimlarga duch keldik. Birinchi bo'limda gol urdik, biroq bo'lim davomida raqiblar bizga qattiq qarshilik ko'rsatishdi. "Mashal"ning uslubi shunaqa, kurashuvchan jamoa.

- Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlarimiz bo'ldi. Shulardan birida mehmonlar darvozaboni oldinga chiqib ketganidan foydalanib gol urdik. Og'ir o'tgan o'yinda muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

- Jamoa namoyish etgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Natija bo'yicha qoniqdim. Biroq, o'yin borasida diqqat e'tiborni yo'qotib qo'ygan vaqtlarimiz ham bo'ldi. Bugun "Mashal" bizga kuchli qarshilik ko'rsatdi. Xulosa olish uchun etarli darajada vaziyatlarga boy bo'lgan o'yin.

- Yana 4 kundan keyin "Navbahor-farm" bilan o'yin bor. Bu vaqt ichida jamoa tiklanib ulguradimi?

- Har qanday xolatga tayyor bo'lishimiz zarur. Ketma-ket o'yinlar o'tkazayapmiz. Kubok musobaqasi, chempionat, qisqa fursat ichida bir nechta uchrashuvda maydonga tushdik. Keyingi o'yinda ham albatta g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Erkin Boydullaevda jarohat bormi?

- Ha, Boydullaev jarohat olgan. Bundan oldingi o'yinda eski jarohati qaytalanib qoldi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia