So’nggi yangiliklar

21:05Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 0:0 (матнли транлсяция)  12 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  57 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  5 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  5 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  13 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  16 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3

Vadim Abramov: “Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo'lmasligimiz kerak?” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo'lmasligimiz kerak?”

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
"Paxtakor"ga yirik hisobda yutqazganimizdan keyin muxlislar uchun ham bugun yutishimiz kerak edi, yigitlar munosib o'ynashdi, ularga rahmat. Raqibimiz tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilganiga qaramasdan, o'yin bo'yicha ustunlik qildik. Afsuski, ko'p futbolchilarimizda katta tajriba yo'q. Ular mana endigina ikkinchi yil yuqori ligada o'ynashmoqda. Yirikroq hisobda yutishimiz ham mumkin edi.

Tarkibda syuprizlar ko'p bo'ldi, bitta misol - Ibrohimhalil Yuldashev.
Hech qanday syurpriz yo'q. U yaxshi futbolchi ekanligini bilardim, bizda chap qanotda yo'qotish borligi uchun Ibrohimhalil Yuldashevni ijaraga olgandik. Uning debyuti ajoyib chiqdi.

"Lokomotiv"ni to'la o'rganib chiqqandik. O'z o'yinlarini ko'rsatishlariga imkon bermaslikka urindik.

Futbolchi terma jamoadan chaqiruv olish uchun klub safida bor imkoniyatini ishga solib o'ynashi kerak. Alohida aytishim lozim, ayrim texnik mahoratli futbolchilar borki, ularning o'yini jamoaviy o'yinga bog'liq bo'ladi. Masalan, Abduxoliqov yanada yorqinroq o'ynay olishi mumkin, barchasi jamoaviy o'yinga bog'liq.

Futbolchilarda katta tajriba yo'q, o'yin vaqtida ko'rganingizdek, imkon qadar ularga buni uqtirishga harakat qilyapman.

"Manchester Siti" ham bitta hujumchi bilan o'ynaydi, ammo hamma futbolchilari jarima maydonchasi ichiga talpinishadi.

Internetda "Bunyodkor"ning tezkor qarshi hujumlarini APL klublariga qiyoslashyapti. Agar "Bunyodkor"ni ingliz klublariga solishtirsak, qaysi jamoani aytib o'tgan bo'lardingiz?

Birinchi va ikkinchi o'rindagi "Liverpul" va "Manchester Siti" degan bo'lardim, ularga qarshi o'ynasak, yaxshigina kurashgan bo'lardik.
Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo'lmasligimiz kerak?

O'yin boshidanoq juda jahldor ko'rinyapsiz, bu o'tgan turdagi yirik mag'lubiyatga bog'liqmi?

Ha, albatta, 0-5dan keyin hayajonga tushdim va bu hisob o'yinga mos emasligini jamoaga tushuntirdim. Jamoa hammasini to'g'ri tushunishi menga muhimroq, muammolarimiz ko'p, lekin yigitlar buni to'g'ri qabul qilib, mehnat qilishyapti, ularga rahmat.




Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика