So’nggi yangiliklar

18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  5 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  0 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  1 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  4 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  6 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  4 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  8 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  29 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  3 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  27 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0

Vadim Abramov nega 5:0dan keyin xursand emasligini tushuntirdi (matbuot anjumani) Yangiliklar

Vadim Abramov nega 5:0dan keyin xursand emasligini tushuntirdi (matbuot anjumani)

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov qatnashdi.

"Muxlislarni va jurnalistlarni tabriklamoqchiman. Juda qiyin vaziyatda edik, futbolchilarga alohida rahmat. Barcha buni tushunib turgandi. Tezkor gol urdik va o'yinni nazorat qildik. SHunday davom etishini istaymiz", - deydi Abramov.

- G'alaba bilan tabriklaymiz, ammo negadir kayfiyatingiz yaxshi emasdek...
- Men shunday yoshdamanki...Bu shunchaki 3 ochko va hali oldinda uzoq yo'l turibdi. Hali ko'p muammolarimiz borligini ko'rib turibman.

- Bugungi natijani aldamchi desak bo'ladimi?
- Yo'q, natija o'yinga mos bo'ldi. Raqib boshqa saviyadagi jamoa hisoblanadi.

- Sanjar Qodirqulov dastlab OTJ yig'inida edi, keyinroq milliy terma jamoaga chaqirdingiz. Nega aynan Qodirqulov.
- U "Bunyodkor"da meni qo'l ostimda o'ynaydi, uning imkoniyatlarini bilaman. OTJ bilan bahsda qanday o'ynashini kutdim va keyin uni milliy termaga chaqirdim. Agar bugun uning o'yini chiqmaganida menga qanday tanqidlar bo'lishini tushunib turibman. Masalan, Lutfulla To'raev bugun o'ynaganida hech ham yomon o'ynamasdi, ammo kuchli tanqidlar bo'ldi va ruhiy holatini o'ylab uni klubga qo'yib yuborishga qaror qildim.

- Bugun markazdan deyarli hujum bo'lmadi...
- Yaman ko'pchilik bo'lib himoyalandi va bunday himoyani yorib o'tish uchun qanotlardan foydalanish kerak.

- Vitaliy Denisov keyingi rejalaringizdan o'rin olganmi?
- Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ammo hozir o'z klubida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Maydonga tushishni boshlashi bilan uni kuzatamiz va balki termaga chaqiramiz. Qaysi futbolchida O'zbekiston pasporti bo'lsa ishoning uni termaga chaqirishimiz mumkin.


Narzulla Saydullaev yozib oldi



Reyting: +323   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика