Vadim Abramov: "Muxlislar oldida xijolatdamiz"
24 okt 21:57
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Muxlislar oldida xijolatdamiz"
- O'yin haqida fikringiz?
- "Qizilqum" asosiy etiborni himoyaga qaratib, qarshi hujumlarda o'ynashini bilardik. Raqib tezkor gol urib olgach ancha xotirjam ko'rindi. Bizning esa ishlarimiz orqaga keta boshladi. Hujumga yana etibor qaratgan bir paytda qarshi hujumda ikkinchi golni o'tkazdik. Undan keyin esa maydonda futbol bo'lmadi. "Qizilqum" tempni tushirishga harakat qilib, shu orqali natijaga erishdi.
- Jamoangiz mag'lub bo'ldi. Bu degani "Dinamo" chempionlik uchun kurashdan chiqdi deganimi?
- Nima bo'lishini ko'ramiz. Hali boshqalar ham o'ynashi kerak. Faqat shuni aytishim mumkin, oldin hammasi o'z qo'limizda edi, endi bo'lsa boshqalarning qoqilishini kutishga majburmiz.
- "Dinamo" o'yinni nazorat qila oldi, shogirdlaringiz to'p bilan ham ko'proq muomalada bo'ldi, lekin darvoza tomon deyarli zarba berilmadi.
- Bazi hollarda noto'g'ri o'ynadik, bazan esa to'pga zarba bermoqchi bo'lganimizda zarba yo'lini to'sishdi. Bunday payt to'pni qanotga oshirib qanotdan jarima maydonchasiga uzatish kerak edi. Lekin bu ham o'xshamadi.
- O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabon xatosi bormi?
- Darvozabonimiz hali yosh va bazan chiroyli o'ynagisi keladi. U to'pni chiroyli to'xtatmoqchi bo'ldi, lekin futbolda doim chiroyli o'ynashning imkoni yo'q. Futbolda eng muhimi miyani ishlatish. Xatolar uning yosh ekani bilan bog'liq. Menga darvozabonlarning chiroyli yiqilishi emas, balki to'pni ushlab olishi yoqadi.
- Bilamiz, hakamlar haqida ko'p ham gapirishni istamaysiz. Ammo bir necha bor zaxira hakami oldiga borib etiroz bildirganingizni ko'rdik.
- Men unga (zaxira hakamiga) bir necha marta etiroz bildirganimda, hammasi yaxshi bo'ladi deyaverdi. Hammasi yaxshi bo'lganini ko'rdik. Bosh hakam esa qancha vaqt qo'shishni VAR hal qiladi deydi. Agar VAR hal qilsa, unda u nima uchun maydonda yuguryapti? VARning vazifasi umuman boshqa, VAR qo'shimcha daqiqalarga aralashmaydi.
- Men shu o'yinni ko'rish uchun atayin Buxorodan keldim. Gap pulda yoki boshqa narsada emas. Lekin bugun "Dinamo"ning bunday o'yinini ko'rib juda ajablandim. Futbolchilar xuddiki vazifani bajarib qo'ygandek bemalol o'ynashdi. Lekin hali oldinda o'yinlar bor va hech narsa malum emas. Xafa bo'lishmasin-u, futbolchilaringizda umuman xohishni ko'rmadim. O'ylaymanki, siz kurash oldinda ekanini futbolchilarga uqtira olasiz. Yoki hammasi tugadimi?
- Albatta, hamma aytilgan gaplarni inobatga olamiz. Xohish nima uchun yo'qligini va jamoa kurashishda davom etishi haqidagi savolni futbolchilardan ham so'rash kerak. Bugun kurashmadik deya olmayman, shunchaki biz tomondan hech narsa o'xshamadi. Jamoamiz o'yinini ko'rgani ko'plab ishqibozlar keldi va ular oldida xijolatdamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar