So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Vadim Abramov hech qachon xato qilmaganmidi? Yangiliklar

Vadim Abramov hech qachon xato qilmaganmidi?

Teglar :  Vadim Abramov
Murabbiylik - og'ir kasb. Agar bu ish terma jamoa bilan bog'liq bo'lsa, yanada og'irlashishi turgan gap.

Joriy yilning fevralida O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq ustozi Vadim Abramov Moskvada yuragini operaciya qildirgach, yurtimizga qaytib keldi. U hech qachon matbuot bilan aloqada bo'lishdan bosh tortmagan. Hatto, mana shunday og'ir vaqtda ham intervyu borasidagi iltimosimizni rad etmadi va buning uchun unga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Murabbiy bilan o'tgan hafta ko'rishib, suhbatlashdik...

ORTDA QOLGAN DARD


- Ahvolim yaxshi, endi hech narsadan nolimasam ham bo'ladi, - Abramov hech qachon hazil-mutoyibadan qochmagan. Bu safar ham murabbiyning ovozidan hazil ohangi sezilib turardi. Boz ustiga, Vadim Karlenovichning rang-ro'yi ham joyida, hech ham dardi bor odamga o'xshamaydi.

- Yuragingiz qachondan bezovta qila boshladi? Oxirgi vaqtlarda siz haqingizda tashvishli xabarlar paydo bo'ldi. Har holda, bu dard yaqin-o'rtada boshlanmagan bo'lsa kerak?

- Ilgari hech yurak borasida muammo tug'ilmagan, faqatgina 2012 yilga kelib og'rib qoldim. SHaxsiy ishlarim yuzasidan Moskvaga borgandim. Do'stimnikida tunab qoldim va yarim kechasi yuragim bezovta qildi. Vaziyat taqozosi bilan ertalabgacha chidashga urindim. Tongda kasalxonaga bordik, shifokorlar menga yurak aritmiyasi tashhisini qo'yishdi. Davolandim va tezda yaxshi bo'lib ketdim. Ammo Lokomotivda ish boshlaganimdan keyin yana muammolar boshlandi. Nihoyat, mavridi kelgan ekan, operaciya qildirdim va hammasi yaxshi kechdi. Hozir ancha yaxshi bo'lib qoldim.

- Vadim Karlenovich, sizda bir xislat bor - o'yinlar vaqtida juda xotirjam o'tirasiz. Boshqalar singari baqirib yoki qandaydir harakatlar bilan hissiyotlaringizni chiqarib yubormaysiz. Bu ham yurakka og'irlik qilsa kerak?

- Bo'lishi mumkin. O'yin vaqtida turli holatlar yuzaga keladi va balki bunday vaqtda baqiribmi, yuguribmi hissiyotlarni chiqarib yuborish kerakdir. Ammo men og'irroq bo'lishni maqul ko'raman. Urishish-so'kishish men uchun emas. Zaxira o'rindig'ida xotirjam o'tirganim yaxshi. Balki shu sababli yuragimga og'irlik tushirgandirman. Bilmadim, ammo men shunday yaralganman, tabiatim shunaqa. Endi o'zgarmasam ham kerak. Baqirib-chaqirishni o'zimga ep ko'rmayman...



TERMA JAMOA

- Milliy termamizdagi faoliyatingiz yuragingiz kasallanishiga tasir qilgan bo'lishi mumkinmi?


- Bosh jamoadagi masuliyat katta va hamma ham unga dosh bera olmaydi. Ammo men faqat bir narsa - o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmaganimizdan afsuslanaman. Aynan shu tufayli siqilganimdan yuragim ham og'rib qolgandir. Bularning barchasi bir-biriga chambarchas bog'liq. Bu savolga boshqacha javob berishni istardim - agar terma bilan kutilgan natijaga erisha olmasligimni oldindan bilganimda, uni qabul qilmasdim. Biroq sog'lig'im evaziga bo'lsa ham o'sha vazifa bajarilganda, bundan aslo afsuslanmasdim...

- Faoliyatingizda ro'y bergan biror narsani o'zgartirish uchun bitta imkoniyat berilsa, undan qanday foydalanardingiz?

- Hech narsani o'zgartirmasdim. Mutlaqo hech narsani. Hamma ishni to'g'ri bajarganman, deb hisoblayman. Har doim to'g'ri qaror qabul qilishga intilganman va bunga erishganman. Voqealar rivoji biz kutgandek kechmagani esa - boshqa masala. Bu - taqdir. Hayotda hamma narsa ham o'zing istagandek bo'lavermaydi. Ammo men har doim o'zim va futbolchilarim uchun to'g'ri qaror qabul qilishga intildim. Bunga ishonchim komil. Biroq futbolda turli holatlar kuzatiladi. SHunga qaramay, qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirganimni bemalol ayta olaman.


O'ZBEK FUTBOLI

- Futbolimizda-chi? O'zbekiston chempionatida biror narsani o'zgartirish niyatingiz yo'qmi?


- Bizda futbol uchun hamma sharoit bor. Buning uchun rahbariyatdan har qancha minnatdor bo'lsa arziydi. Murabbiy uchun nima muhim? Eng avvalo, qaror qabul qilishda barcha masuliyatni o'z qo'liga olishi kerak. U jamoadagi hamma narsani hal qilishi lozim. Kimni sotib oladi, qancha maosh beradi, qachon maydonga tushiradi - hamma-hammasi unga bog'liq bo'lishi kerak. Hech kim uning ishiga aralashmasin. O'shanda jamoa jilovi ham uning qo'lida bo'ladi. Biror futbolchi etarlicha o'ynamasa yoki o'zgarib qolsa, uni darrov to'g'ri o'zanga solib olish mumkin. Men qaerda ishlamay, Traktor bo'lsin, O'zbekiston terma jamoasi yoki Lokomotiv - hamma joyda shu tartibga amal qildim. Terma jamoani boshqargan vaqtimda mudom erkin bo'ldim, kimdir tarkib yoki boshqa masalada menga tasir o'tkazishga hatto uringani ham yo'q. Buning uchun O'zbekiston futbol federaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. Aynan shu sababli Osiyo chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijani qayd eta olganmiz, deb o'ylayman.

- O'sha terma jamoa haqida gap ketar ekan, eng avvalo, ajoyib ichki muhit va hamjihatlik eslanadi. Qanday qilib bunday natijaga erishgan edingiz?


- Har doim qo'l ostimdagi futbolchilar bilan to'g'ri munosabatda bo'lishga intilganman. Hammasini ro'y-rost aytganman. Terma jamoani qabul qilib olganimdan keyin bor etiborni, eng avvalo, ichki muhitni yaxshilash va futbolchilardagi vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirishga qaratdim. Ertalabki nonushta paytida har bir futbolchidan madhiyani kuylashni so'rardim. Bu - eng tasirli chora edi, deb hisoblayman. Vatanni hamma yaxshi ko'radi, vatanparvarlik hissi hammada bo'ladi. SHunchaki, o'sha hissiyotni yuzaga chiqarishda yordam berib yuborish kerak, xolos. Biz mana shu ishni uddalay olganmiz. Natijada, terma jamoaning o'sha tarkibida hamjihatlik kuchaygan. Yaqinda Lester hujumchisi Jeymi Vardi ajoyib fikr bildirdi. Uning aytishicha, Klaudio Raneri shogirdlaridan faqat bir narsa - jamoadagi har bir futbolchi bir-biri uchun kurashishni so'rar ekan. O'xshatish joiz bo'lsa, aytaman, 2011 yilgi terma jamoa o'yinchilari ham maydonga bir-biri uchun kurashish maqsadida tushar edilar.

- SHu bilan birga, futbolchilarda matbuotga nisbatan munosabat ham o'zgargan edi. O'sha vaqtda biror futbolchi intervyu berishdan o'zini olib qochganini eslay olmayman.


- Futbol - muxlislar uchun o'ynaladi. SHogirdlarimdan matbuot bilan aloqada bo'lib turishni so'rardim. Ular ham, o'z navbatida, muxlislar bilan yaqin munosabat o'rnatish shartligini anglashgan. Bu ham jamoadagi hamjihatlikni oshirgandi.


LOKOMOTIV

- Vadim Karlenovich, sizningcha, Lokomotiv bilan o'ylangan rejalar nima sababdan amalga oshmay qoldi? Tan olish kerak, garchi klub o'yinini kuchaytirgan bo'lsangiz ham, baribir, sizdan ko'prog'i kutilgan edi.


- Lokomotivni boshqargan vaqtlarimda qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Klubni qabul qilib olganimda O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilayotgan futbolchilar soni uch nafar edi, xolos. O'sha vaqtdayoq termaga nomzod o'yinchilar sonini oshirish lozimligini aytganman. Yil oxiriga borib bunday futbolchilar soni 9 nafarga etdi! Boz ustiga, tarkib borasida ham ko'p ishlarni amalga oshirishga to'g'ri keldi. Bir yilda 20dan oshiq futbolchilarni almashtirdik va shunga qaramasdan, O'zbekiston chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritdik. Butun boshli tarkibni yangilab, shunday natijaga erisha olgan yana biror murabbiyni ko'rsata olasizmi? Ammo bundan ham yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi. SHunchaki, hozir bevosita bizga bog'liq bo'lmagan sabablar haqida gapirgim kelmayapti. Bu xuddi bahona qilishga o'xshab qoladi. Men esa bunday yo'l tutishni istamayman.

- Temiryo'lchilar ko'zida bir vaqtlari milliy terma jamoada bo'lgani kabi o't ko'rinmaganiga nima deysiz? Ochig'i, shaxsan o'zim Lokomotiv timsolida 2011 yilgi terma jamoani ko'rishni istagan edim...


- Klub va terma jamoa o'rtasida farq katta. Istaysizmi yoki yo'q, baribir, klubda shaxsiy manfaatlar yuzaga chiqadi. Agar termada to'p surgan futbolchi Vatan shanini himoya qilayotganini har doim yodda tutsa, klubdagi faoliyat ular uchun professional ish hisoblanadi. Ishda esa yaxshi bilasiz, eng avvalo, pul topish kerak. Klubda har bir futbolchi o'z o'rniga ega bo'lishni, yaxshiroq maosh olishni istaydi. Buning uchun esa har doim asosiy tarkibda o'ynashi kerak. Terma jamoada futbolchiga zaxira o'rindig'ida o'tirib ham Vatanga naf keltirayotganini tushuntirish mumkin, ammo klubda bu ish ancha murakkab. Boz ustiga, Lokomotivdek yuqori maqsadni ko'zlagan jamoada mamlakatning eng oldi futbolchilari jamlanishadi. Ularning har biri maydonga tushishni istaydi. Imkon qadar yaxlit kuchga ega jamoa shakllantirishga harakat qildim. Klub bilan O'zbekiston kubogi va superkubogida g'olib chiqdik. Bu - Lokomotiv tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

KELAJAK

- Yaqin kelajak uchun rejalaringiz bormi? Qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz?


- Ayni vaqtdagi rejam - sizga intervyu berish (kuladi). To'g'risini aytsam, hozircha hech narsani rejalashtirganim yo'q. Yaqinda kasalxonadan chiqdim, dam olmoqchiman, sog'lig'imni tiklamoqchiman. Keyin nima bo'lishini esa, vaqt ko'rsatadi.

- Biror taklif olganmisiz? Bu haqida malumot berishni istamaysizmi?

- Hozircha sizga beradigan malumotning o'zi yo'q. Balki yaqin vaqtlar ichida bo'lib qolar.

- Vadim Karlenovich, agar sizga autsayder klubdan taklif tushsa, qabul qilarmidingiz?

- Albatta, nega endi qabul qilmasligim kerak? Agar klubda barqarorlik bo'lsa, musobaqa jadvalining ahamiyati yo'q, ishlashga tayyorman. Ammo moliyaviy muammolarga o'ralashib yuradigan klubda faoliyat yuritishni istamayman. CHunki murabbiyning o'z ishini bajarish o'rniga futbolchilarga nima uchun maosh berilmayotganini tushuntirib yurishi - to'g'ri emas. Men bunday jarayondan o'tib bo'lganman, endi yana unga qaytishni istamayman. Agar klub autsayder bo'lsa-da, o'z oldiga jiddiy maqsad qo'ysa, boshqa gap. Bunday joyda o'zimni yana bir bor sinab ko'rishdan bosh tortmayman...

Zafar QOSIMOV suhbatlashdi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика