So’nggi yangiliklar

14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  0 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  6 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  48 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  5 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  26

Vadim Abramov: "Hakam "Bunyodkor"dan xafa bo'lgandir..." Yangiliklar

Vadim Abramov: "Hakam "Bunyodkor"dan xafa bo'lgandir..."

Coca Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.




"Menimcha o'yin qiziqarli bo'ldi, afsuski tomoshabinlar kiritilmadi. Balki TV orqali o'yinni ko'rishgandir, ularga yoqqadir, bilmayman. Qiyin o'yin bo'ldi, ayniqsa bosh murabbiylar uchun. 6ta gol urildi, qiziqarli o'yin, ammo... Birinchi taym u qadar yaxshi o'ynamadik, ikkinchi taymda o'zimizga keldik, g'alaba qozona olmaganimizga o'zimiz aybdormiz. Yosh yigitlar gol ura olishmadi, to'rtinchi golni urib o'yinni yakunlashimiz kerak edi. Buning o'rniga raqibga gol urish imkoniyati berildi.

Balki bu ruhiyat bilan bog'liqdir. SHunchaki to'pni bir-biringizga oshiring degan ko'rsatma bermaganman. Balki har uch kunda o'yin o'tkazayotganimiz sababdir.

Ikromov maydonga tushib faol o'ynadi, nima uchun u ikkinchi taymda tushdi? Uning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz, bu taktika edi. Birinchi taymda raqib katta kuch bilan himoyada o'ynashini kutgandik, shu bois Farruhni ikkinchi taymda tushirdik va tezkorligidan foydalandik.

Hakamlik haqida? Futbolchilar ham bazida yomon o'ynashadiku, bugun hakamlarda shunday kun bo'ldi deb o'ylayman. Bu sotib olingan hakamlik bo'lmagan deb umid qilamiz. Balki u (SHerzod Qosimov - tahririyat) "Bunyodkor"dan xafadir, undan so'rab ko'rish kerak", - deydi Vadim Abramov.



Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика