So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Vadim Abramov: "Ha, qiyin vaziyatdamiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ha, qiyin vaziyatdamiz"

Farg'onada bo'lib o'tgan “Neftchi” hamda “Navbahor” (1:1) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


-  Xavfli vaziyatlarga boy o'yin bo'ldi. Afsuski, ulardan foydalana olmadik. Bugun yigitlardan mamnunman. Ular namoyish etgan o'yindan qoniqdim. “Neftchi” oxirigacha kurashdi. Lekin xatolar kuzatildi. Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Afsus. Durang ham natija. Raqibga moslashib o'ynadik. O'yindan oldin yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni beryapman. Bahsga bo'lgan munosabat va etiborlarini yanada kuchaytirishlarini xohlardim.

Ha, qiyin vaziyatdamiz. Hozir yigitlarda bosim yo'q emas. Bunday hollarda kuchli jamoalar ham vaziyatdan chiqib ketishda bir qator murakkabliklarga duch kelishadi. Toshkentdagi yig'inlar chog'ida shogirdlarim boshqacha futbol namoyish etishgandi. Biroq, rasmiy o'yinlarda to'liq imkoniyatlarimizni ko'rsata olmayapmiz. Ochig'i, muxlislar qarshisida o'ynash ham oson emas. Albatta stadiondagi bunday muhitda his-xayajonlarni jilovlash qiyin kechadi. Muammolarimiz bor. Ular ustida ishlaymiz. Intilishda davom etamiz, - dedi Abramov

  “Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика