So’nggi yangiliklar

23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  3 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  3 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  18 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  5 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  117 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2

Vadim Abramov: "Gohida futbol adolatsiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Gohida futbol adolatsiz"

Teglar :  Vadim Abramov
Dinamo - Neftchi (1:0) uchrashuvidan keyin farg'onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yin borasida o'rtoqlashdi.

- Vadim Karlenovich, avvalo o'yin borasida to'xtalsangiz…

- So'nggi soniyalarda gol o'tkazib, alamli mag'lubiyatga uchradik. Futbol shunaqa adolatsiz - gohida yaxshi o'ynab ham mag'lub bo'lasan. Birinchi bo'limda raqiblarimiz, ikkinchi bo'limda esa biz yaxshiroq o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Ammo, qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda standartdan gol o'tkazib yubordik. Dinamo ikkinchi bo'limdagi yagona vaziyatini golga aylantirdi, biz esa yo'q.

- Neftchi tarkibiga nazar solarkanmiz, asosiy tarkibda yoshlar, zaxirada esa Mansur Saidov, Ibrohim Rahimov, Jasur Hasanov singari nomdor futbolchilar qolishdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Futbolda kim o'yinga nisbatan yaxshiroq tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Tajribali futbolchilarimiz ham ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi. Mansur Saidov ham zaxiradan maydonga tushib, katta yordam berishi mumkin edi. Ammo, o'yinning borishiga qarab u zaxirada qoldi. Yosh futbolchilar ham yomon o'yin namoyish etishmadi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Asosiy hujumchi Muydin Mamazulunovning tarkibda yo'qligi nima bilan bog'liq?

- Muydin jarohati bois bizga yordam bera olmadi.

- Neftchi o'yinning boshidan qandaydir motivatciyasiz to'p surgandek ko'rindi. Bu O'FF chiqargan qaror bilan bog'liqmi?

- Yo'q, bunday deb o'ylamayman. Oldin ham aytgandim, qaror futbolchilarga tasir etishi mumkin deb, ammo bugungi bahsda bu futbolchilarga tasir qilgani yo'q. Futbolchilar har qanday holatda ham maydonga chiqib o'z ishlarini qilishlari lozim. Ikkinchi bo'limda jamoam ko'rsatgan o'yindan qoniqdim, futbolchilar yaxshi harakat qilishdi.

- Neftchi Oliy Liga bilan xayrlashdi. Yakunda O'FF o'z qarorini o'zgartirish borasida sizda qandaydir umid bormi?

- Fol ochishni yoqtirmayman, qarorni o'zgartiradimi yoki yo'qmi biz baribir o'shanga amal qilamizku. Men bu borada gapiramanmi yoki yo'q fikrim bilan nimanidir o'zgartira olmayman. Biz nimanidir o'zgartira olamaymiz, chunki qarorni biz qabul qilmaymiz. Mening fikrimni bilasiz, bu borada poziciyamni bildirganman. Man barchasiga roziman, faqat aytishsin, aynan qanday kriteriyalar asosida 12 ta jamoani tanlab olishadi? SHuni bilmoqchimiz.

- Co'nggi savol. Dinamo Farg'onada Neftchini mag'lub etganida debyut o'yiningiz edi. O'shandan buyon sizga ikki jamoa o'rtasida qanday farqlar sezildi?

- Dinamo haqida sizdan so'rashni istardim? Neftchi haqida gapiradigan bo'lsam, ko'rdingiz tarkibimizda iqtidorli yoshlar juda ko'p. Umid qilamanki, aynan ular Neftchi uchun yaxshi poydevorga aylanishadi.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика