So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Vadim Abramov: "Futbolchilar g'alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Futbolchilar g'alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti"

AGMK - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ikkita g'alaba qozonishni istagan jamoa o'ynadi. Menimcha muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi.

Yomg'ir xalal bergani yo'q. Bu erda maysa baland shu bois to'p tezroq yurdi. Yomg'irda ham o'ynashni bilish kerak. Albatta bunday holatda boshqacharoq o'ynaladi, bu futbolchilarga u qadar katta muammo bo'lmadi.

O'rtoqlik uchrashuvida ham AGMKni yutgandik? Ikki o'yinni solishtirish to'g'ri emas. Tarkiblar ham o'zgacha edi. Rasmiy o'yin baribir boshqacha. Gol urganimizdan keyin yana shunday davom etish o'rniga hisobni saqlab qolishga urinamiz.



Ochkolar yig'ishda davom etayotganimiz albatta qoniqarli. O'z maydonimizda hali umuman o'ynamadik. Oldinda yana ikkita safar bahsi kutib turibdi.

Futbolchilar g'alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti. Balki yaqin vaqt ichida bu narsa bo'ladi va yigitlar yanada ko'proq kuch bilan o'ynashda davom etishadi.

Zuhurov tajribali darvozabon. Unga alohida rahmat. U o'zining bosiqligi bilan jamoaga ishonch bag'ishlab turdi. Keyingi o'yinlarda ham shunday o'ynashini tilayman", - deydi Vadim Abramov.

"CHiroyli o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Ikki jamoa ham 3 ochko uchun kurashdi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Keyingi o'yinlarda AGMKga omad tilayman. Yomg'ir yoqqani tufayli to'p tez harakat qiladi, aksincha buning foydasi bo'ldi deb o'ylayman", - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Lutfulla To'raev.


Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика