So’nggi yangiliklar

11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  1 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  16 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0

Vadim Abramov: "Debyutantlar yomon o'ynashmadi, yoshlarga imkon berishdan qo'rqmayman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Debyutantlar yomon o'ynashmadi, yoshlarga imkon berishdan qo'rqmayman"

Superliga 20-turi doirasidagi "Dinamo" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bu raqibga qarshi o'yinda o'z rejamiz bor edi va yigitlarga ko'rsatmalarni bajarishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, raqiblar deyarli har o'yinda darvozamiz tomon penalti tepishmoqda, bugun ham shunday bo'ldi va g'alabani qo'ldan chiqardik. Hozirgi vaziyatda nima deyishni ham bilmayman. Yigitlar harakat qilishmoqda, imkon darajamizda o'yin namoyish etayapmiz.

Birinchi bo'lib hisobni ochganimizdan keyin natijani saqlab qololmayotganimiz ham tarkibdagi muammolarga taqaladi. CHunki tarkibda yo'qotishlar haddan ziyod ko'p. Bu haqda gapirsam, bahonadek ko'rinishi mumkin. O'yindan hammasi ko'rinib turibdi, zaxiramiz ham aytarli katta emas.

Debyutantlar? Ha, bugun jamoamizning o'rinbosarlar safida bo'lgan 4 nafar yosh o'yinchini asosiy tarkibga tushirishga qaror qildim va ular yomon o'ynashmadi. Ularga imkoniyat berishdan qo'rqmayman. Bu yosh mahalliy o'yinchilar - "Dinamo"ning kelajagi. Yoshlar dastlabki o'yinda tomoshabinlar oldida hayajonlanishgandir, ammo keyingi bahslardan o'z kuchlariga ko'proq ishona boshlaydilar. Tarkibimizda hali yana iqtidorli yosh o'yinchilar bor, bugun ulardan birini maydonga tushirmadim. Ehtimol keyingi o'yinlarda uni ham asosiy tarkibda ko'rishingiz mumkin.

Mavsum yakuniga qadar ham tarkibda rotaciya bo'ladi, chunki jarohat olgan yoki betob o'yinchilarimiz ko'pchilikni tashkil qiladi. Faoliyatimda tarkib masalasida hech qachon hozirgidek muammoga duch kelmaganman. SHunga qaramay, vaziyatdan chiqib ketishga urinamiz, - deydi Vadim Karlenovich o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика