So’nggi yangiliklar

17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  1 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3

Vadim Abramov: "Bizning safimizda ikkita teng kuchli posbon bor" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizning safimizda ikkita teng kuchli posbon bor"

Teglar :  NeftchiLokomotiv
"Neftchi" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi. Hisobni ochdik, ammo darhol to'p o'tkazib yubordik. SHundan so'ng qiyinchilik paydo bo'ldi. SHoshildik. Yigitlarga rahmat, gol urib g'alaba qozona oldik. Muxlislar hakamni haqorat qilishdi, ammo hakam o'yinni yaxshi boshqardi deb o'ylayman. Xatto menimcha "Neftchi" darvozasiga penalti belgilamadi", - deydi Vadim Abramov.

"Metallurg"ga qarshi o'yinda ikki ochko yo'qotdik. O'sha o'yinda 10 daqiqa davomida golni inobatga olish borasida bahslar bordi. Bu futbol unda kutilmagan natijalar bo'ladi".

"Neftchi" himoyaviy taktika tanladi va asosan qarshi hujumda o'ynadi. Agar jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ysa o'z uyida qo'rqmay, hujumkor o'ynashi kerak. Umuman olganda "Neftchi" yaxshi jamoa".

"Bikmaevni tushurishni mo'ljallagandik, ammo hisob teng bo'lib turganida Mamazulumovni tushirishga qaror qildim. Sababi raqib ko'pchilik bo'lib himoyalanayotganda Bikmaev qiynaladi. O'tgan safar "Metallurg" bilan bahsda shunday bo'ldi, raqib ko'pchilik bo'lib himoyada o'ynagandi va Maratda imkoniyat bo'lmagandi".

"Bizning safimizda ikkita teng kuchli posbon bor. Biroq oldimizda milliy terma jamoaning o'yinlari bor. O'yin amaliyoti bo'lishi uchun Ignatiyga imkon berayapmiz. U birinchi davrada jarohatlar bilan olishdi va hozir o'ziga kelib oldi. Masalan, "Nasaf" bilan bahsda boshqa darvozabon maydonga tushishi mumkin".

Komiljon Ikromov yozib oldi  


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика