So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Vadim Abramov: "Birinchi bo'limda uchta o'yinga etadigan vaziyatlar yaratib, gol ura olmadik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Birinchi bo'limda uchta o'yinga etadigan vaziyatlar yaratib, gol ura olmadik"

Pro liga 14-turi doirasidagi "Dinamo" - "Navbahor-Farm" (2:1) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida...

- Bugun o'z ishimizni o'zimiz qiyinlashtirdik. Birinchi bo'limda uchta o'yinga etadigan vaziyatlar yaratib, gol ura olmadik. Ikkinchi bo'lim boshida esa kutilmaganda darvozamizga penalti belgilandi va raqib hisobni ochdi. G'alaba uchun bor kuchimizni ishlatishga to'g'ri keldi va maqsadga erishdik. Yigitlarga rahmat. Ikki haftada 4ta o'yin o'tkazganimizni inobatga olsak, qiyin g'alabaga erishdik. 

- Bugun tarkibda rotaciyaga qo'l urdingiz. Bu jamoa o'yiniga qanchalik tasir qildi?

- Agar birinchi bo'limdagi vaziyatlardan foydalanganimizda bunday savol bo'lmasdi. SHunga qaramay, zaxirada bo'lgan aksariyat o'yinchilarni bugun asosiy tarkibda tushirganimdan afsuslanmayman. CHunki tarkibda tushgan har bir o'yinchi o'yinni kuchaytirdi. Zaxiradan tushganlar ham yaxshi kirishib ketishdi.

- Koike Yudai bugun qaydnomada ham yo'q edi. Bu nima bilan bog'liq?

- Jarohati bor edi, shu bois tarkibga kirita olmadik. Tarkibda 3-4 nafar o'yinchimizda jarohat bor. Ular tez orada safga qaytishi mumkin.

- Bugungi bahsda Ulug'bek Abdullaev ancha faol ko'rindi...

- Ha, buni etirof etish kerak. U birinchi marta asosiy tarkibda o'ynab, juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Himoyada ham o'ynab, ko'plab vaziyatlar yarata oldi. Uning o'rniga tushgan futbolchimiz ham yaxshi o'yin namoyish etdi. 

- "Dinamo" navbatdagi o'yinini 26 avgust kuni o'tkazadi. Bu orada rejalar qanday?

- O'rtoqlik o'yin o'tkazilmaydi, yigitlarga qisqa dam beramiz. Sababi ketma-ket 4 o'yinda maydonga tushdik va 26 avgustdan 4 sentyabrga qadar yana 3ta muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика