Vadim Abramov bilan Siz kutgan suhbat!
03 dek 2018 12:06
Yangiliklar
Vadim Abramov bilan Siz kutgan suhbat!
Aynan shu sabab bilan Osiyo Kubogi oldidan mutaxassisini ofisimizga taklif qildik va ortda qolgan yilga oid fikrlari bilan qiziqdik. Suhbat Avstraliyada bo'lib o'tgan O'zbekiston - Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida kechgan o'rtoqlik uchrashuvining ertangi kunida bo'lib o'tdi.
Dastavval O'zbekiston terma jamoasining so'nggi o'yinlari haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Livan terma jamoasiga qarshi kechgan bahs haqida bir nima deya olmayman. Osiyoda hamma jamoa kuchayib borayapti. Biz esa ular bilan durang o'ynaydigan saviyaga tushib qoldik. Bitta hujumchi bilan o'ynashimizni tushunmayapman.
- MTJ ro'yxatidan birgina hujumchi bo'lishi-chi, o'z paytida Marat Bikmaevga gullagan paytida ham bunchalik ishonch bildirilmagan edi. Kamiga birinchi o'yinda ular maydonga tushmadi?
- To'g'ri, agar sinib qolsa keyin nima qilamiz? Biz hujumchilardan yarim himoyachi yasab qo'ymoqdamiz, shu to'g'rimi? SHomurodov ham hujumchi edi yarim himoyachiga aylandi-qo'ydi.
- Bugungi natijalarimizni 2010 yilga qiyoslayotganlar ko'p bo'layapti. Abramov ham Osiyo Kubogidan avval ko'p yutqazgan deganlar oz emas...
- To'g'ri, qo'shilaman. Lekin o'sha kishilar bizning o'yinlarni ko'rganmi? Biz mag'lubiyatga uchragan o'yinlarda ham o'ynaganmiz. U bahslar bilan hozirgisini solishtirib bo'lmaydi. O'sha 6:0ni ham eslab o'tay. Avstraliyaga qarshi o'yinda raqiblarimiz gol urmagunlariga qadar biz ko'rsatgan o'yin musobaqadagi eng yaxshilaridan biri bo'lgan. Kechagi o'yin esa (Janubiy Koreyaga qarshi o'yin nazarda tutilgan)... Eron bilan JAR stadionida bo'lib o'tgan bahsni esga oling, tarkibimizda aksar o'yinchilar yo'q edi. Odilning golini inobatga olishmadi. Qo'li bilan raqib futbolchisi o'ynadi. Undan tashqari ro'yxatga nazar tashlasangiz, men tayyorlagan olimpiyachilarning juda ko'pchiligi MTJga etib bordi.
- Hozir esa "89"lardan bor yo'g'i ikki futbolchi to'p tepyapti, Zoteev va To'xtaxo'jaev.
- Oleg himoyachi emas! Bu uning poziciyasi emas. Mening qo'lim ostida boshqacharoq o'ynardi. U himoyalanishni qoyillatmaydi, lekin hujum boshlay oladi. Uni birinchilardan bo'lib terma jamoaga chaqirganimda barcha kulgandi. Buni o'zi ham biladi. "Bunyodkor"ga o'tganidan keyin uning yulduzlik onlari boshlandi, lekin...
- Mening shaxsiy fikrim, Osiyo Kubogini JCH-2022 yo'lida qurbon qilib bo'lmaydi. Bugun kim tayyor bo'lsa, Osiyo Kubogida o'sha o'ynashi kerak.
- O'rtoqlik o'yinlarida Kuper futbolchilarni sinab olayotganini to'g'ri tushunaman. SHuning uchun ham o'rtoqlik o'yinlari kerak.
- Ayni paytda Osiyo Kubogida naqd bo'lgan 3ta o'yinimiz bor. To'rtinchi o'yinda maydonga chiqish uchun guruhdan chiqish kerak. Har bir uchrashuvda yordam bera olishi mumkin bo'lgan futbolchilar bor. Buni Baqoev va SHackix misolida OK-2011da ko'rganmiz...
- Buni bosh murabbiy hal qiladi. Agar futbolchining o'yini o'xshamasa va u tarkibga tusha olmasa demak o'yin modeliga to'g'ri kelmayapti. Har bir murabbiy o'z modelidan kelib chiqib futbolchi jalb qiladi. Kuper qanday usulni Osiyo Kubogida qo'llaydi bilmayman. O'yinchilardan kelib chiqib taktika qo'llasa bo'ladi.
- Sizda ham shunday futbolchilar bo'lganmi, inson sifatida qiyin, ammo futbolchi sifatida tarkibga kerak?
- Agar siz boshqarayotgan jamoa odamlar hayotida jiddiy rol o'ynasa o'z "meningiz"dan voz kechishingiz kerak.
- Deyarli har musobaqada Janubiy Koreyaga qarshi o'ynayapmiz. Bu terma jamoani yilma-yil kuzatish imkoniyatiga ega bo'lyapmiz. 2011 yil ularning yomon bo'lmagan davri edi, 2014-2015 yillarda biroz sustlashgandek bo'ldi. 2016-17 yillar esa eng yomon davrlaridan birini o'tkazgan holda ham JCHga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Kechagi o'yin esa ko'rsatib berdiki, ular yana avvalgi yulduzli onlarini boshlayaptilar.
- CHunki bosh murabbiy o'zgardi. Bir o'yinni eslab o'tay. JCH-2014 saralash uchrashuvlarining birinchi bosqich so'nggi turini Yaponiyaga qarshi o'tkazishimiz kerak edi. Uchrashuv ikki terma jamoaga ham ahamiyatini yo'qotgani uchun Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda ishtirok etib ketishni rejalashtirdik. Bahs Seulda bo'lib o'tdi. Biz 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradik. Lekin Osiyo Kubogi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv o'rtasida juda katta farq bor edi. OKdan keyin o'zgargan murabbiy bilan Janubiy Koreyani o'yini yomon tomonga o'zgarayotgan edi. Men shu terma jamoani ikkinchi davrada bizning guruhdan joy olishini istagan edim, yakunda shunday bo'ldi ham.
Keyingi qahramonni kimligi haqida telegramdagi kanalimizda bilib olasiz - Nadirkhuja Yuldashev
- Janubiy Koreya - O'zbekiston (1:0) bahsini ko'rish uchun Seulga borgan edim. To'g'ri aytasiz, murabbiyga nisbatan tanqidlar juda katta edi. Muammo shundaki, yomon holatda ham biz ulardan o'tib keta olmaganmiz.
- CHunki futboldan muxlislar rohat olishi kerak. Futbol bu - teatr! Unda gollar urilishi kerak, hujum qilinishi. Har qanday g'alaba 2-3 kundan keyin yoddan chiqadi, shuning uchun muxlislar uchun o'ynash kerak.
- So'nggi yillarni olaylik. Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliyani ro'yxatdan chiqarib tashlaymiz, nima uchun qolgan terma jamoalarni yutishimiz qiyin bo'lib qoldi? Bu Osiyoda futbol o'sayotganidanmi?
- Bemor uchun yaxshi shifokorning qaerda tug'ilgani muhim emas, muhimi u saviyali bo'lishida. Futbolda ham shunday, murabbiy qaerdan bo'lishi emas, murabbiyning malakasi muhimroq.
- Dalich Xorvatiyani qisqa fursat ichida JCH finaliga olib chiqdi. Roppa-rosa bir yil avval "Bunyodkor" stadionida o'ynagan Janubiy Koreya bilan, kechagi sharqliklar o'rtasida juda katta farq bo'ldi...
- Bu borada Yaponiyani ko'proq maqtagan bo'lardim. Jahon chempionatida Belgiya bilan o'yinini qarang.
- Osiyo Kubogi oldidan kimning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?
- Menimcha, Yaponiya. Lekin musobaqa BAAda bo'lib o'tishini inobatga olsak, Saudiya Arabistonining ham imkoniyatlari yuqori. Hozir arablar ko'rsatayotgan o'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, ularning potencialini yuqoriroq baholayman.
- Omar Abdulrahmon safdan chiqquniga qadar BAAni favoritlar qatorida ko'rayotgandim...
- Aksincha, bu ularning foydasiga xizmat qilishi mumkin edi. Salahsiz Misrning o'yinlarini ko'rib chiqdim. Agar bitta etakchiga bog'lanib qolsa terma jamoa ko'proq qiynaladi. Futbol jamoaviy o'yin.
- Ahmedov “qarib qoldi” degan fikr-chi? Nima uchundir to'p undaligida, ochilish o'rniga raqib futbolchisi orqasidan chiqib keta olmayotgan futbolchilar haqida gapirmayapmiz?
- SHuning uchun ham futbol jamoaviy o'yin. Agar o'sha Misrda ham yana Saloh saviyasidagi bir necha futbolchi bo'lganida afrikaliklar boshqacha bo'lardi.
- Odilni himoyaga qo'yishingizga sabab hujumni himoyadan boshlash edi?
- Afsuski? bugungi himoyachilarimizda mana shu narsa etishmayapti. Futbolda hujumni himoyadan boshlash kerak. SHuning uchun ham yarim himoyachini orqaroqqa qo'yganman. Eng og'riqli nuqtamiz shu!
- Superliga yoki Pro-liga o'yinlariga qarab bitta jamoaning oldinga 4ta to'g'ri pas bilan o'ynay olmasliklarini ko'ramiz. Bu ularning aybi emas, bolalikdan buni to'g'ri o'rgatish kerakligini tushunaman...
- "Traktor"ning o'yinlarini eslang...
- Bu haqda ko'pchilikka aytaman.
- "Spartak" bu o'yinni ancha avval namoyish etishni boshlagan. U "Barselona"da yuqori darajaga chiqdi. Olimpiya terma jamoasida shu ishni qo'llashga ko'p harakat qilardim. "Traktor"ni qo'lga olganimda ko'chadan futbolchilarni yig'ishga majbur bo'lardik. CHunki jamoaning moliyaviy holati yaxshi bo'lmasdi. Mavsum oldidan 100 nafarga yaqin bolalarni yig'ardik va deyarli har kuni o'rtoqlik o'yinlari o'tkazardik. Buning natijasini ko'rsata olganmiz, pulsiz jamoa O'zbekiston Kubogi finaliga chiqqan edi.
Hozir ko'pchilik Gvardiolaning o'yinini o'zlashtirishga harakat qilyapti. O'z paytida butun dunyoda Lobanovskiyning o'yinlarini muhokama qilardilar. Lekin Lobanovskiy hamma sirlarini ochmagan. Har qanday "kopiya" esa bu "original"ning buzilgan holati. SHuning uchun murabbiylar faqat ko'chirmasdan o'z ustilarida ishlashi kerak bo'ladi.
- Endi asosiy mavzuga o'tsak. Yil boshida Superliganing bugungi formatini yo'lga qo'yishdan avval o'rganib chiqish taklifini bergan edingiz?
- Bekorchi o'yinlarni o'tkazmaslik uchun shu tizimni qo'llasa bo'lardi. Bu o'zini oqlashi ham mumkin, oqlamasligi ham mumkin edi. Sizga intervyu berishga rozi bo'ldim va suhbatlashyapmiz. Lekin siz hozir menga o'rningdan turib sakrang endi demaysiz-ku? Kelishuv o'zgarib ketishi kerak emas, to'g'rimi? Biz oliy ligani bitta reglament asosida boshladik va uni o'zgartirdik. "Neftchi"ni qo'lga olganimda men 14-o'rinni olamanmi, 8-o'rinni olamanmi, u medal bo'lmaganidan keyin ahamiyati yo'q edi. Maqsadim klubni yoshlar bilan shakllantirib olish edi.
- "Neftchi"dan ketdingiz, hech narsa o'zgarmadi. Fyodorov ketib "Lokomotiv" bilan chempion bo'ldi. Lebedevning ham ishlari chakki emas...
- Natija men uchun u erda muhim bo'lmaganidan keyin, o'zimning bugungi obro'yimni o'ylamagan holda yoshlar bilan ishlashni o'yladim. Legionerlardan voz kechdik. 2000 yilda tug'ilgan futbolchigacha o'ynatdik. Yoshlar jamoasini shakllantira boshlagan edik. Yangi mavsumda ular boshqacha o'yin ko'rsatishiga ishonardim.
- Yangi mavsumda ham shu tizim qolishi oydinlashib borayapti. Masalan, bu tizimda "Qizilqum" 12ta o'yinni yutsa ham 6-o'rinni egallay olmasdi. "Buxoro" barchasini yutqazsa ham 6-o'rindan pastga tushmaydi.
- Tizim nega o'zgardi? Kelishilgan va nomiga o'tkaziladigan o'yinlar bo'lmasligi uchun. SHuning uchun ham bu tizim amalda qo'llanilgan davlatlar bilan bog'lanib uning yaxshi va yomon tomonlarini so'rash kerak edi. Bugun esa o'zimiz amalda bilib oldik. Endi shunga qarab ish qilsak yaxshi bo'ladi.
- Futbolchilar bitta jamoa bilan to'rt marta o'ynashdan zerikkanlarini aytdilar...
- Bu futbol, xokkey emas-ku? Qancha jamoa ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Har qanday formatdagi chempionatni o'tkazsa bo'ladi, agar u professional bo'lsa. Eng muhimi, taqvimni to'g'ri tuzishni o'rganishimiz kerak. Futbolimizdagi taqvim FIFA va OFKdagi bo'lgani kabi keyingi 4 yillikni o'z ichiga olishi kerak. O'zgarishlar bo'ladi, lekin ommaviy emas. Eng qizig'i, taqvim hali chiqmay turib, zaxira kunlari bo'ladi bizda.
- 1985, 1989, 1993 yillarda tavallud topgan olimpiya terma jamoamizdagi futbolchilar o'sha yillari oliy ligada o'ynardilar. Afsuski, 1997 yillarda tavallud topgan futbolchilar bilan shu gapni ayta olmayman, murabbiylar yoshlarni asosiy tarkibga ko'proq tushirishdan cho'chishyapti.
Kamiga endi bu yoshdagi futbolchilarimiz aprel oyi boshiga qadar terma jamoada yig'inma-yig'in yuradilar. O'z-o'zidan klublar yana ularga ishonch bildirmaydilar yoki ularni mavsum qizishi kerak bo'lgan payt jarohatlar iskanjasiga tushib qolishlari mumkin.
- To'g'ri fikr bildirayapsiz, lekin bu borada ko'proq bosh murabbiy o'ylashi kerak. Biz olimpiya terma jamoasiga futbolchi chaqirishni klub murabbiylari bilan hal qilardik. Agar ular asosiy tarkibga o'sha futbolchi xizmatidan foydalanishlarini aytsalar ularni ortiqcha yig'inlarga chaqirmasdik. O'z paytida Odil Ahmedovni "Paxtakor" bemalol yig'inga olib ketishimizni aytardi, keyin esa bizda yaxshi o'yin ko'rsata boshlagach, "Paxtakor" uni o'z rejalariga kiritdi.
- Sizni chetlatishdi, bu haqda qanday xabar berishdi?
- Gazetada o'qib bildim. Lekin nima uchun? Bu haqda hech kim indamadi.
- Bu sankciya bekor bo'lganmi?
- Bilmadim.
- Oydinlik kiritadigan payt kelmadimikin? Balki aynan shundan qo'rqib klublar Sizga chiqmayotgandir?
- Balki...
- Sir bo'lmasa zerikyapsizmi?
- Yo'q, faqat alam qilayapti. Men ko'proq imkoniyati kam bolalarga imkoniyat berardim. Menimcha, murabbiy sifatida O'zbekistonga foydam ko'proq tegadi.
P.S: Bu intervyuni tashkil qilishda hech qanday adovatning aloqasi yo'q! SHunchaki Osiyo Kubogidan avval barcha murabbiylar bilan suhbatlashish rejasini tuzib chiqqanman.
Fikrlar